O‘zbekiston | 20:15 / 14.06.2022
23850
2 daqiqa o‘qiladi

Diniy ta’lim muassasalari uchun qabul sanasi va talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi o‘z tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul sanasi va talab etiladigan hujjatlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Foto: Toshkent islom instituti

Ma’lum qilinishicha, joriy yildagi o‘quv mavsumida abituriyentlarning hujjatlari oflayn shaklda ta’lim muassasasi qabul hay’ati tomonidan qabul qilinadi.

Xususan, o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarida — 2022 yil 20 iyundan 10 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha) hujjatlar qabul qilinadi. Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar:

  • ta’lim muassasasi rahbari nomiga ariza;
  • pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
  • ma’lumoti to‘g‘risida attestat yoki diplom (asl nusxasi);
  • 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (oxirgi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo‘lishi kerak);
  • chet tili bilishi to‘g‘risidagi sertifikat (ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan chet tilidan boshqa xorijiy til bo‘yicha test topshiruvchilar uchun) asl nusxasi.

Oliy diniy ta’lim muassasalari – Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasida hujjatlar 2022 yil 20 iyundan 20 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha) qabul qilinadi. Ushbu ta’lim muassasalariga qanday hujjatlar topshirilishi haqida ma’lumot berilmagan.

Hadis ilmi maktabida 2022 yil 20 iyundan 10 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha). Talab qilinadigan hujjatlar:

  • ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
  • pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
  • o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasini tamomlagani to‘g‘risidagi hujjat (diplom) asl nusxasi;
  • 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan hamda orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi);
  • «Yagona olimpiada» tanlovi diplomi (tanlovda 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar uchun).

Mavzuga oid