Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Vashingtonda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi
Biznes-nonushta formatidagi uchrashuvda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yig‘ilishi natijalari muhokama qilindi, shuningdek, iqtisodiy loyihalar portfeli izchil kengayib borayotgani qayd etildi.
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 7 aprel kuni Vashington shahrida AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan biznes-nonushta formatida uchrashdi.
«Suhbat chog‘ida Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yig‘ilishi natijalarini muhokama qildik, shuningdek, iqtisodiy loyihalar portfeli izchil kengayib borayotganini qayd etdik. Strategik sherikligimizni yanada rivojlantirishga qo‘shayotgan katta hissasi uchun janob Davlat kotibiga o‘z minnatdorligimni bildiraman», deb yozdi Saida Mirziyoyeva bu haqda.
Avvalroq, Saida Mirziyoyeva Vashingtonda Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasman o‘z faoliyatini boshlagani haqida xabar bergan edi.
Shuningdek, Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi hamraisi, elchi Serjio Gor bilan ham uchrashdi. Ikki davlat o‘rtasidagi ishbilarmonlik hamkorligining asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.