Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda AQSh zarbalari boshlanganidan beri halok bo‘lganlar soni ma’lum qilindi
AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi boshlanganidan beri mamlakatda 3 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda Eron sud tibbiyoti tashkiloti rahbari Abbos Masjidiy Araniy ma’lum qildi.
«Taxminan 40 foiz jasadni aniqlashning imkoni bo‘lmadi», dedi Araniy Mizan agentligiga. Uning ta’kidlashicha, hozirda deyarli barcha halok bo‘lganlarning jasadlari aniqlanib, oilalariga topshirilgan.
30 mart kuni Qizil Yarimoy tashkiloti AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi boshlanganidan beri 102 mingdan ortiq fuqarolik obektlari hujumga uchragani haqida xabar berdi. Bir haftadan sal ko‘proq vaqt ichida halok bo‘lganlar soni 1,5 barobarga oshdi.
7 aprel kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan ikki haftalik sulh e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu vaqt ichida tomonlar yakuniy tinchlik kelishuviga erishishi kerak. Eron va Amerika delegatsiyalarining muzokaralari shu hafta Pokistonda boshlanishi mumkin.
Mavzuga oid
18:31
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
13:13
Ho‘rmuz yaqinida AQSh armiyasining «Apache» vertolyoti qulab tushdi
10:25