Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Yevropadan nega norozi?
Pekindagi Yevropa Ittifoqi–Xitoy sammiti tarang muhitda yakunlandi, Si Jinping muzokarani muddatidan oldin yakunlashni so‘radi. Ziddiyatli o‘tgan uchrashuvda Ursula fon der Lyayyen munosabatlar “burilish nuqtasida” turganini aytdi. Xitoy esa Yevropa tomonini “xato qilmaslikka” chaqirdi.
Xalqaro kun tartibidagi mavzular muhokamasi – Kun.uzʼning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida.
Si Jinping nega sammitni ertaga yakunlashni so‘radi?
Hikmatilla Qozoqboyev: Kelishmovchiliklarning yana bitta sabablaridan biri Rossiyaga qarshi e’lon qilingan sanksiyalarning 18-paketi va bu to‘g‘ridan to‘g‘ri Xitoyga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni aynan mana shu sanksiyalar paketida Xitoyning yettita yirik kompaniyasi ham bor edi va ularning ichida ikkita yirik bank ham bo‘lgan. Ular to‘g‘ridan to‘g‘ri mana shu Rossiya bilan bog‘liq bo‘lgan savdo ishlarida ishtirok etadi.
Rossiya hozirgi kunda harbiy sanoatda foydalanadigan juda ham ko‘plab detallarni Xitoydan sotib oladi yoki Xitoy kompaniyalari yetkazadi. Ya’ni bu narsa o‘z-o‘zidan Yevropaning e’tiroziga ham sabab bo‘ladi. Yevropa Ittifoqi ham maksimal darajada Ukrainadagi inqirozni tezroq tugatishga intilyapti, lekin Xitoy tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi urushning yanada cho‘zilishiga olib keladi.
Farhod Karimov: Aslida 17-paket sanksiyalarda ham shunaqa bo‘lgan edi. Oxirgi e’lon qilingan uchta sanksiyalar paketi Rossiya bilan hamkorlik qiladigan davlatlarga qaratilgan. Ya’ni kim Rossiya bilan hamkorlik qilsa yoki qaysi davlatning kompaniyasi Rossiya orqali uchinchi tomon bo‘lib hamkorlik qilib, ushbu urushga qandaydir yordam bersa, o‘sha davlatlarni ham sanksiyaga kiritamiz degan og‘ir talablar qo‘yilgan edi. Lekin bu sanksiya paketlari ba’zi vaziyatlarda teskari reaksiya berdi. Chunki zamonaviy dunyoda davlatlarning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tabiiy ehtiyoji bor.
Bu sanksiyalarning teskari reaksiya berayotgani Yevropani xavotirga solyapti. Biz qancha ko‘p sanksiya qo‘ysak, Rossiya atrofida hamkorlar shunchalik yaxshiroq jipslashyapti. Mana shu narsalarning oldini olish va bunday sanksiyalar ham bu urushni to‘xtata olmasligi mumkinligi haqida juda ham ko‘plab ekspertlar muhokamaga olib chiqishyapti va buni hattoki Yevropa parlamentining deputatlari ham bir necha bor chiqishlarida aytishdi. 18-sanksiyani e’lon qila turib, Yevroittifoq rahbarining o‘zi Xitoyga kelyapti. Ya’ni biz buni e’lon qilib qo‘ydik, lekin hamkorligimizni to‘xtatmaylik, hech bo‘lmasa o‘sha yashil energetika, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda birlashaylik degan mujdani beryapti.
Suhbatni to‘liq shaklda YouTube platformasida tomosha qilishingiz mumkin.
Mavzuga oid
08:27
Xitoyda oila siyosatida o‘zgarish: ayrim mahsulotlar uchun soliq qayta tiklandi
11:16 / 31.12.2025
RFdan Yevropaga quvur orqali gaz eksporti 44 foizga kamaydi
19:42 / 29.12.2025
Tayvan - Xitoy biqinidagi «porox bochkasi»
13:56 / 29.12.2025