“Egasini tuni bilan qidirdim” - dollar to‘la hamyonni onaxonga qaytargan serjant
Yerdan hamyon topib oldingiz, ichi to‘la dollar. Yaqin atrofdan uning egasini topish imkonsiz. Xo‘sh, bunday vaziyatda qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz? Toshkentda xizmat vazifasini olib borayotgan Patrul-post xizmati xodimi, katta serjant Shavkat Nazarov xuddi shunday holatga duch keldi. Voqealar rivoji qanday tus olganini esa uning o‘zi gapirib berdi.

Hodisa 3 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Shavkat Nazarov poytaxtadagi savdo majmualaridan birida kundalik xizmat vazifasini olib borayotgan bo‘lgan. Uning ko‘zi yerda yotgan eskiroq hamyonga tushgan.
“Hamyonni qo‘limga oldim, ichini qarasam — nafaqa guvohnomasi, dollarlar va o‘zbek so‘mi ham bor ekan. Lekin pulni sanamadim, chunki xayolimda faqat pulni egasiga qaytarish edi”, — deya hikoyani boshladi katta serjant Nazarov.
Xodim kechgacha — xizmat vazifasi tugaydigan soat 22:00 gacha kimdir kelib, hamyonni olib ketishini kutgan. Biroq hech kim kelmagan. Navbatchiligi yakunlangandan keyin esa hamyon egasini qidirishga tushgan.
“Dastlab hujjatda yozilgan telefon raqamga qo‘ng‘iroq qildim, biroq hech ko‘tarmadi. Keyin nafaqa guvohnomasida yozilgan manzilga bordim. Biroq buni qarangki, men qidirayotgan shaxs ko‘chib ketgan ekan”, — deydi u.
Orada u yana o‘sha hujjatda ko‘rsatilgan raqamga qo‘ng‘iroq qilgan va bu safar hamyonning egasi go‘shakni olgan. “Dastlab onaxon ishonmadi keyin esa uy manzilini so‘rab o‘zlariga olib borib berdim. Ijtimoiy tarmoqlardagi tarqalgan videoni o‘zim uchun har ehtimolga qarshi olgandim, onaxon menga xursandligidan suyunchi puli bermoqchi edi, lekin olmadim”, — deydi Shavkat Nazarov.
4 yanvar kuni esa onaxon katta serjantni qidirib ishxonasiga borgan va uni oilasi bilan birga kechki ovqatga taklif qilgan.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kuvayt Toshkentda yetim bolalar uchun maktab qurmoqchi
O‘zbekiston | 14:37
-
Britaniyada o‘ng populistlar mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi
Jahon | 14:29
-
Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yanada jadallashtiriladi
O‘zbekiston | 14:06
-
Misr O‘zbekistonda qurilish yo‘nalishidagi loyihalar yuzasidan muzokara o‘tkazmoqda
O‘zbekiston | 14:05
Mavzuga oid

22:08 / 02.05.2025
Toshkentda uyda giyohvand o‘simligini yetishtirgan shaxslar qo‘lga olindi

20:17 / 02.05.2025
Toshkentda BYD piyodani urib yubordi

08:37 / 02.05.2025
Toshkent ko‘chalaridan birida mashinalar harakati vaqtincha to‘xtatildi

16:17 / 01.05.2025