Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida yangi elektr tarmog‘i quriladi
22 kilometr uzunlikdagi 500 kilovoltlik yangi elektr uzatish liniyasi Tojikistonning «Sug‘d» nimstansiyasi va O‘zbekistonning «Yangi Sirdaryo» nimstansiyasini bog‘laydi.
Foto: adb.org
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Tojikiston elektr tarmoqlarini qo‘shni O‘zbekiston bilan o‘zaro bog‘lanish orqali Markaziy Osiyoning yagona energiya tizimiga (YaET) qayta ulash loyihasi uchun 15 million dollar miqdorida qo‘shimcha grant mablag‘lari ajratilishini ma’qulladi.
Qo‘shimcha mablag‘lar Tojikiston shimolida, «Sug‘d» nimstansiyasi va O‘zbekistondagi «Yangi Sirdaryo» nimstansiyasi o‘rtasida 22 kilometr uzunlikdagi 500 kilovoltlik yangi elektr uzatish liniyasini qurish imkonini beradi. Bu Markaziy Osiyo energetika tizimi mamlakatlari, jumladan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida elektr energiyasi eksporti va importi bo‘yicha quvvatlarni oshirish, shuningdek, tarmoq nosozliklarining oldini olish uchun infratuzilmani mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
Loyiha, shuningdek, Tojikiston energetika tizimi qayta tiklanadigan energiyaning mintaqada uzluksiz integratsiyalashuvi uchun energiya va chastotalarni nazorat qilish xizmatlarini taqdim etishga tayyorligini ta’minlaydi. Uzoq muddatda u Tojikistondagi Rog‘un GES elektr energiyasini uzatish sxemasining asosiy tarkibiy qismiga aylanadi.
OTB 1966 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 69 ta davlatni o‘z ichiga oladi, shundan 49 tasi Osiyo-Tinch okeani mintaqasida joylashgan. Tojikiston 1998 yilda OTB a’zosi bo‘ldi. OTB mamlakatdagi strategik yo‘l va energetika infratuzilmasidan tortib sog‘liqni saqlash, ta’lim, qishloq xo‘jaligi, shaharsozlik, davlat sektorini boshqarish va moliyagacha bo‘lgan keng ko‘lamli tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlaydi. 26 yil davomida turli loyihalarni amalga oshirish uchun bank Tojikistonga 2,7 milliard dollardan ortiq, jumladan, 2,1 milliard dollardan ortiq grantlar ajratdi.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
20:31 / 03.05.2026
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi
17:27 / 18.11.2025
Prezident Osiyo taraqqiyot banki rahbari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi
14:44 / 18.11.2025