Jahon | 15:33 / 28.09.2018
4779
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Ukrainani NATOning sharqiy qanoti deb atadi

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakatni NATOning sharqiy qanoti, deb atadi. Bu haqda «Ukrainskaya pravda» uning matbuot xizmatiga asoslanib yozilmoqda.

Ta'kidlanishicha, Poroshenko Amerikaning «Baltimor» Sohilni qo‘riqlash xizmati bazasiga qilgan safari chog‘ida shunday bayonot bilan chiqdi. U bu yerda Ukrainaga AQSh tomonidan «Aylend» turidagi ikkita patrul kemasining topshirilishi bo‘yicha marosimda qatnashdi.

«Ukraina NATOning haqiqiy sharqiy qanotidir», - dedi Poroshenko.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu holat Ukraina va Amerika tomonlarining mudofaa sohasidagi hamkorligini kuchaytirmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Azov dengizi yaqinida harbiy mashqlar o‘tkazgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid