Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekologik xavfli mahsulot va chiqindilar turlari ro‘yxati tasdiqlanadi
Vazirlar Mahkamasining “Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishni va ularni respublika hududidan olib chiqishni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.
Hujjat “Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yo‘q qilib yuborish ustidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Bazel Konvensiyasiga muvofiq ekologik sertifikatlanishi lozim bo‘lgan ekologik xavfli mahsulot va chiqindilarning O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishini va O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishini davlat tomonidan tartibga solish tizimini takomillashtirish hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida qabul qilinadi.
Quyidagilar:
Bazel Konvensiyasi ro‘yxatiga muvofiqlashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqiladigan majburiy ekologik sertifikatlanishi zarur bo‘lgan ekologik xavfli mahsulot va chiqindilar turlari ro‘yxati;
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan, respublika hududiga olib kiriladigan va uning hududidan olib chiqiladigan ekologik xavfli mahsulot va chiqindilarni majburiy ekologik sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom;
ekologik xavfli mahsulot va chiqindilarning nomi, miqdori TIF TN kodi buyurtma namunasi tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan, respublika hududiga olib kiriladigan va uning hududidan olib chiqiladigan ekologik xavfli mahsulot va chiqindilarni majburiy ekologik sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga ko‘ra, ekologik xavfli mahsulot va chiqindilarni respublika hududiga olib kirishda va uning hududidan olib chiqishda, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladigan ekologik sertifikatlar (naqd yoki pul o‘tkazish yo‘li) asosida amalga oshiriladi
Ekologik sertifikat – O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan va uning hududidan olib chiqiladigan ekologik xavfli mahsulot va chiqindilar, respublikada ishlab chiqarilgan mahsulotlar texnik jihatdan tartibga soluvchi normativ hujjatlarda belgilangan ekologik xavfsizlik talablariga javob berishini tasdiqlaydigan Milliy sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga muvofiq beriladigan hujjatdir.
Bazel Konvensiyasi ishtirokchisi bo‘lmagan davlatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ro‘yxati tasdiqlangan ekologik xavfli mahsulot va chiqindi turlarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishlari va olib chiqib ketishlari qat'iyan taqiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Bazel Konvensiyasi ishtirokchisi bo‘lmagan davlat o‘rtasida chiqindilarni tranzit tarzida olib o‘tishga doir xalqaro shartnoma mavjud bo‘lgan hollarda, bunday olib o‘tish ushbu xalqaro shartnoma qoidalari, shuningdek, qo‘llash mumkin bo‘lsa, Bazel Konvensiyasida belgilangan umumiy talablar asosida amalga oshiriladi.
Ekologik xavfli mahsulot va chiqindilarning respublikaga olib kirilishi va olib chiqilishi uchun ekologik sertifikatlar sxemaga muvofiq beriladi.
Sertifikatlashtirilgan mahsulotga bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish vaqtida ekologik sertifikat ro‘yxat raqami va berilgan sana ko‘rsatadi.
Ekologik xavfli mahsulot va chiqindilarni respublika hududidan tranzit qilishda Bazel Konvensiyasining 6-moddasiga asosan, eksport qiluvchi davlat tranzit qilinishi ko‘zda tutilayotgan xavfli mahsulot yoki chiqindilar to‘g‘risida manfaatdor davlatlarning vakolatli organlariga yozma ravishda xabarnoma yuboradi yoxud bunday xabarnoma yuborishni ishlab chiqaruvchi yoki jo‘natuvchidan talab qiladi. Bunday xabarnomalarda Konvensiyaning “V A” ilovasiga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Ekologik xavfli mahsulot va chiqindilarni olib kirish va olib chiqishni Davlat ekologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ekologik sertifikat quyidagi hollarda haqiqiy hisoblanadi:
“Yagona darcha” orqali ekologik sertifikat elektron shaklida berilsa ekologik sertifikatlashtirish organining elektron imzosi bilan haqiqiy hisoblanadi;
ekologik sertifikat bergan ekologik sertifikatlashtirish organining muhri va imzosining asli bo‘lganda;
davlat reyestrida qayd etilganligini tasdiqlovchi sana va raqam ko‘rsatilganda.
Sertifikatlashtirilgan mahsulotga bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish vaqtida ekologik sertifikat bergan organ nomi, ekologik sertifikat berilgan sana va raqami hamda uning amal qilish muddatini ko‘rsatadi.
Ekologik xavfli mahsulot va chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirilganligiga oid ma'lumotlar mavjud bo‘lmaganda, bunday mahsulotlar umumiy tartibda ekologik sertifikatlashtiriladi.
Sinov o‘tkazish uchun mahsulotlardan namunalar sinov laboratoriyasi va sertifikatlashtirish organi vakili tomonidan arizachi ishtirokida hamda bojxona organlarining nazorati ostida me'yoriy hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq sinov uchun zarur bo‘lgan miqdorda olinadi.
Ekologik sertifikatlashtirish organi mahsulot ishlab chiqaruvchining xohishi va iltimosiga ko‘ra ekologik sertifikatlashtirishga oid ishlarni tashkil etish hamda Ekologik xavfsizlik belgisini o‘rnatish bo‘yicha zarur xizmatlarni ko‘rsatadi.
Ekologik sertifikatlashtirilgan mahsulot arizachining xohishi va baholash ekologik xavfsizlik mezoniga ko‘ra ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalanadi. Ekologik xavfsizlik belgisining mavjudligi va qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar ekologik sertifikatda aks ettiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan olib kiriladigan va olib chiqiladigan va ekologik sertifikatlashtirilgan mahsulot va chiqindilarga doir hisobotlarni tayyorlash hamda Bazel konvensiyasi va Jyenevadagi Bosh Kotibiyatiga ularning so‘rovida belgilangan muddatlarda, Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan har yili 30 dekabrgacha taqdim etiladigan:
arizachilardan - amalda O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqiladigan) ekologik xavfli mahsulot va chiqindilar miqdori haqidagi ma'lumotlar;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan – O‘zbekiston Respublikasi hududida yillik hosil bo‘ladigan mahalliy ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxona hamda tashkilotlardan ekologik xavfli mahsulot va chiqindilar miqdori haqidagi ma'lumotlar;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasidan — ekologik xavfli bo‘lgan mahsulot va chiqindilarning olib kirilishi va olib chiqilishi haqidagi jamlanma ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
17:57 / 16.04.2026
Chorvoqda chiqindilar noqonuniy tashlanishiga qarshi kameralar o‘rnatilmoqda
15:16 / 13.04.2026
Bo‘stonliq tumanidagi «noqonuniy chiqindixona» bartaraf etildi
11:35 / 02.04.2026