Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya O‘zbekiston bilan erkin savdo shartnomasi bo‘yicha muzokaralarni tezlashtiradi
Janubiy Koreya O‘zbekiston bilan erkin savdo shartnomasini (ESSh) tuzish bo‘yicha ishlarni tezlashtiradi. Bu haqda Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chjye In o‘zining koreys xalqiga yo‘llagan yangi yil murojaatida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
«Biz Filippin, Kamboja va O‘zbekiston bilan ESSh muzokaralarini tezlashtirish orqali Yangi Janubiy va Yangi Shimoliy siyosat bo‘yicha almashinuv va hamkorlikni kengaytiramiz», - dedi Koreya Respublikasi prezidenti.
Janubiy Koreya hukumati tomonidan faol ilgari surilayotgan «Yangi Shimoliy siyosat» Yevrosiyo qit'asi mamlakatlari, shu jumladan, O‘zbekiston bilan turli jabhalardagi yaqin hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Koreya Respublikasi hozirga qadar Yevropa Ittifoqi va Yevropa erkin savdo uyushmasi, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) kabi tashkilotlar, shuningdek, AQSh, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Chili, Kolumbiya, Peru, Xitoy, Hindiston, Singapur, Vetnam va Turkiya bilan erkin savdo shartnomalarini imzolagan.
Janubiy Koreya O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkorlari ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi 2,755 milliard dollarni, 2020 yil yanvar-noyabr oylarida - 1,908 milliard dollarni tashkil etdi.
Mavzuga oid
23:02 / 13.01.2026
Prokurorlar Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun uchun o‘lim jazosini so‘radi
15:39 / 12.01.2026
Polsha O‘zbekistonda savdo nuqtalari ochishni rejalashtirmoqda
10:23 / 10.01.2026
YeI–Janubiy Amerika: erkin savdo kelishuvi bo‘yicha qaror qabul qilindi
16:33 / 06.01.2026