Uchta viloyat davlatga paxta topshirish rejasini bajardi (jadval)
Farg‘ona, Andijon va Xorazm viloyatlari davlatga paxta topshirish rejasini bajardi. Ayni paytda bu ro‘yxatga Namangan viloyati ham qo‘shilishi kutilmoqda.

Xorazm viloyati paxtakorlari 258 ming tonnadan ortiq xirmon to‘plab, davlatga paxta sotish rejasini bajardi. Bu haqda 19 oktabr kuni viloyat hokimligi ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, bu yil 1538ta fermer xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 82 ming gektardan ziyod maydonda g‘o‘zaning «Xorazm-150», «Xorazm-127», «Sulton», «Buxoro-102», «S-8294» navlari ekilib, agrotexnik qoidalar asosida parvarishlandi.
Terimga fermer xo‘jaligi a'zolari va 107 ming nafardan ortiq ish bilan band bo‘lmagan uyushmagan aholi ixtiyoriy jalb etilgan, deyiladi Xorazm viloyati hokimligi xabarida.
Ma'lumot uchun, 2020 yilda O‘zbekistonda 3,1 mln tonna paxta xomashyosi yetishtirilishi rejalashtirilgan. Bungacha Farg‘ona va Andijon viloyatlari ham rejani bajargan edi. Yaqin vaqt ichida ushbu uchta viloyat qatoriga Namangan ham qo‘shilishi kutilmoqda.
Xabar qilinishicha, Sirdaryo viloyatida «Indorama Agro» klasterining statistikasi alohida yuritilmoqda, ushbu klasterni hisobga olmaganda, Sirdaryo ham paxta rejasini bajargan.
Tavsiya etamiz
“Haydovchilarning manfaati eng oxirgi o‘rinda bo‘lishi kerak” – tezlik “chegirmasi”ning oshirilishi e’tirozga sabab bo‘lmoqda
O‘zbekiston | 10:45 / 22.03.2025
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ar-Riyodda Ukraina va AQSh delegatsiyalarining uchrashuvi boshlandi
Jahon | 21:34
-
Tanzaniyada ulkan daraxtlarning yangi turi aniqlandi
Fan-texnika | 21:29
-
NYT: SpaceX Tramp ma’muriyatidan milliardlab dollarlik shartnomalar oladi
Jahon | 21:22
-
Rossiyada ayrim migrantlar patensiz ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi
Jahon | 20:56
Mavzuga oid

20:13 / 14.02.2025
Fermerlar minimal narxda shartnoma tuzishga majburlanyapti. Sohadagi islohot qarshilikka uchramoqda

20:34 / 20.01.2025
Paxtani o‘z hisobidan yetishtirganlarga subsidiya ajratiladi

19:04 / 20.01.2025
Paxta yetishtirishda yangi tartib: Birjaga taklifni klasterlar joylaydi, fermerlar tanlaydi

18:38 / 16.01.2025