Paxta yetishtirishda yangi tartib: Birjaga taklifni klasterlar joylaydi, fermerlar tanlaydi
Endilikda paxta yetishtiruvchilar birjaga xaridorlar tomonidan joylangan takliflar orasidan bir yoki bir nechtasini tanlash orqali fyuchers, forvard yoki spot shartnomalarini tuzadi. Boshlang‘ich narx Nyu-York birjasidagi oxirgi 6 oylik o‘rtacha kotirovkalardan kelib chiqib belgilanadi. Savdolar hududiy chegaralar doirasida o‘tishi bo‘yicha cheklov saqlanib qoladi.

Foto: Kun.uz
«Paxta xomashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qo‘llashni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2025 yil paxta hosilidan boshlab quyidagicha tartib o‘rnatiladi:
– Respublika tovar-xomashyo birjasi kalendar yilining 1 noyabr kunida (2025 yil hosili uchun 1 fevralda) paxta tolasining Nyu-York birjasidagi fyuchers kotirovkalarining oxirgi 6 oydagi o‘rtacha kotirovkasidan kelib chiqqan holda, kelgusi yil hosili uchun paxta xomashyosining boshlang‘ich narxini (birinchi nav, ikkinchi sinf) aniqlab, o‘z veb-saytida e’lon qiladi;
– mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha paxta xomashyosi yetishtiruvchi xo‘jaliklar va klasterlar hamda paxta xomashyosini qayta ishlash va ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega to‘qimachilik korxonalari o‘rtasida paxta xomashyosi yetkazib berish bo‘yicha oldi-sotdi (fyuchers, forvard va spot) shartnomalari birjaning paxta xomashyosi seksiyasida har bir hudud bo‘yicha alohida o‘tkaziladigan savdolarda tuziladi;
– xo‘jaliklar hamda qayta ishlovchilar o‘rtasida tuziladigan shartnomalar tomonlarning erkin tanlovi asosida o‘tkaziladigan birja savdolari orqali xo‘jaliklar tomonidan yetkazib berish muddatlarini hamda bir yoki bir nechta xaridorni mustaqil ravishda tanlash orqali rasmiylashtiriladi;
– birjada barcha shartnomalar Agroplatforma axborot tizimi bilan integratsiya qilingan ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lgan xo‘jaliklar va qayta ishlovchilar o‘rtasida tuziladi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Istanbul cho‘ksa, butun Turkiya cho‘kadi” – zilziladan keyin istanbulliklar ko‘chalarda tunadi
Jahon | 21:49
-
O‘zbekiston va Qirg‘iziston «Chashma» bulog‘idan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi
O‘zbekiston | 21:41
-
Myanmada zilzila haqida noto‘g‘ri prognozlar tarqatgan tiktoker hibsga olindi
Jahon | 21:24
-
Qozog‘iston superkompyuter yaratishga 40-50 mln dollar sarflaydi
Jahon | 21:22
Mavzuga oid

13:29 / 22.04.2025
Hokimlarning garovida qolayotgan soha. Maqbullashtirish jarayonidagi bedodliklar – uch fermer misolida

07:45 / 21.04.2025
Xitoy bilan hamkorlikda issiqxonalar uchun «aqlli» plyonka ishlab chiqariladi

17:15 / 20.04.2025
Respublika tovar-xomashyo birjasiga yangi boshqaruv raisi tayinlandi

20:36 / 15.04.2025