Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiydagi ohak sexida 130 mln so‘mlik tabiiy gaz «o‘g‘irlandi»
Bu «Hududgaz Navoiy» gaz ta'minoti filialining tegishli bo‘limlari mas'ullari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida aniqlandi, deya xabar bermoqda filial matbuot xizmati.
Ta'kidlanishicha, ishchi guruh viloyat markazida faoliyat yuritayotgan MChJlardan biriga qarashli ohak ishlab chiqarish sexini ko‘zdan kechirgan. Jarayonda obektda qarzdorlik uchun tabiiy gaz o‘chirilgan bo‘lishiga qaramay, o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa qayta ulanib olinganligi aniqlangan.
Mazkur korxona joriy yilning may oyida ham tabiiy gazdan o‘zboshimchalik bilan foydalanib, ta'minotchi korxonaga 43 million 536 ming so‘m moddiy zarar yetkazgan edi. Bu safargi zarar miqdori 130 million 608 ming so‘mni tashkil etgan. Holat bo‘yicha to‘plangan materiallar huquqni muhofaza qilish idoralariga topshirilgan.
Oldinroq Navoiyda gaz ta'minoti korxonasi manfaatlariga 1 mlrd so‘m zarar yetkazilgani fosh etilgandi.
Mavzuga oid
22:33 / 25.03.2026
Shavkat Mirziyoyev huzurida neft-gaz tarmog‘idagi ishlar ko‘rib chiqildi
07:49 / 19.03.2026
Jahon gigantlari energiyani qaysi manbalardan oladi?
14:26 / 18.03.2026
Xitoyning cho‘llanishni to‘xtatgan modeli Navoiyda sinab ko‘riladi
08:25 / 18.03.2026