Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yana 6 ta metro bekatida poyezdlar harakati to‘xtatiladi
«Texnopark-Qipchoq-Texnopark» metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Foto: Kun.uz
Toshkent metropolitenining Yerusti halqa yo‘nalishidagi 14 ta bekatdan iborat «Texnopark – Qipchoq» bekatlari va bekatlar oralig‘i qariyb bir necha yildan buyon yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Metro poyezdlar harakati va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash hamda sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida, yer usti estakadalari va bekatlari ma’lum muddat foydalangandan so‘ng, rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish lozim.
Rejali profilaktik ishlar amalga oshirish uchun 2025 yil 2 avgust sanasidan boshlab, 6 ta bekatdan iborat «Texnopark – Yangiobod» bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati to‘xtatiladi.
Toshkent metropoliteni yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirmaslik maqsadida, «Texnopark-Qipchoq-Texnopark» metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tonggi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
08:44 / 01.10.2025
Toshkent metrosining «Yerusti halqa yo‘li» 18 oktyabrdan qayta ish boshlaydi
10:22 / 24.09.2025
“O‘rnatilganidan beri ishlaganini ko‘rmadik” – metrolarda elektron ko‘taruvchi qurilmalar nega ishlamayapti?
14:24 / 06.09.2025
9 balli tirbandliklar sabab metrobuslar intervali uzaymoqda – “Toshshahartransxizmat”
12:33 / 28.08.2025