Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
9 balli tirbandliklar sabab metrobuslar intervali uzaymoqda – “Toshshahartransxizmat”
Poytaxtda “Yerusti halqa yo‘li” liniyasidagi metro bekatlari bo‘ylab harakatlanayotgan avtobuslar oraliq vaqti uzaygani aytilmoqda. Yo‘lovchilar joylarda tiqilinchlar hosil bo‘lganidan norozi. “Toshshahartransxizmat”ga ko‘ra, kunning tig‘iz vaqtlarida “Texnopark–Qipchoq” yo‘nalishidagi ayrim uchastkalarda 9 balli tirbandliklar vujudga kelgan, shu sabab avtobuslar harakati qatnovlari o‘rtasida vaqt oshgan.
Foto: Videodan kadr
Iyun boshida Toshkent metropolitenining Do‘stlikdan Sergeligacha bo‘lgan metro bekatlari, ya’ni “Yerusti halqa yo‘li” liniyasi 3 oylik profilaktika uchun bosqichma-bosqich yopilgandi, shu sabab yo‘nalish bo‘ylab yo‘lovchi tashish uchun bepul metrobuslar qo‘yilgandi.
Kun.uz’ga ayni liniyadagi bekatlar, xususan, “Texnopark” va “Do‘stlik”dan harakatlanayotgan metrobuslarning oraliq qatnash vaqti uzayganiga oid shikoyat kelib tushdi.
Qayd etilishicha, sentabr oyidan talabalar o‘qishni boshlagach, hududlarda tirbandliklar yana ortgan, lekin metrobuslar ko‘paytirilmagan.
Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ munosabat bildirishicha, kunning tig‘iz vaqtlarida “Texnopark–Qipchoq” metro bekatlari oralig‘idagi ayrim uchastkalarda 9 balli tirbandliklar vujudga kelgani sabab avtobuslar qatnovi o‘rtasida vaqt oshgan.
“Mazkur holatlarni bartaraf etish maqsadida, “Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati hamda “Toshkent metropoliteni” DUK va Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari hamkorligida joyiga chiqqan holda “Texnopark” bekatida tirbandliklarni bartaraf etish choralari o‘rganildi va qatnovlar o‘rtasidagi vaqtlarni qisqartirish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qilamiz”, – deyiladi izohda.
AJning Kun.uzʼga qo‘shimcha ma’lumot berishicha, 8 sentabrdan tirbandliklar vujudga kelayotgan joylarga qo‘shimcha ravishda YHXB va “Toshshahartransxizmat”ning harakat xavfsizligi xizmati xodimlari ajratiladi. Avtobuslarning to‘siqsiz xarakatlanishi uchun YHXX xodimlari chorrahalarni nazoratga olishi, nazoratchilar har bir bekatda avtobuslarga to‘siq bo‘layotgan omillarni aniqlab, bartaraf etish choralarini ko‘rishi aytildi.
Ta’kidlanishicha, ayni kunda “Texnopark–Qipchoq” yo‘nalishida jami 32 ta avtobus xizmat ko‘rsatadi. Ularning oraliq interval vaqti 3-5 daqiqani tashkil etadi. Yo‘nalishning o‘rtacha uzunligi 24,1 kmni, avtobusning o‘rtacha qatnov vaqti 72 daqiqani tashkil etadi. Liniya bo‘ylab bir kunda 390 tadan ortiq qatnovlar amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, qurilganiga endigina 2 yil to‘lgan “Yerusti halqa yo‘li”dagi 14 ta bekatning ish faoliyati tekshirish uchun 3 oyga to‘xtatilgan.
Dastlab 8 iyunda “Qipchoq-Turon”, 28 iyunda “Quruvchilar-Yangiobod”, keyin esa 2 avgustdan “Yangiobod-Texnopark” yo‘nalishlari yopilib, metro liniya uchun metrobuslar qo‘yilgandi.
Mavzuga oid
08:41
Toshkentda 115-sonli avtobus yo‘nalishi yangilandi
11:54 / 03.12.2025
Jamoat transportida yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga qarshi reydlar kuchaytirildi
15:24 / 22.11.2025
Toshkentda yo‘nalishlardagi avtobuslar yangilanmoqda
20:15 / 20.11.2025