Yaqinda Toşkentning ayrim metro bekatlari va yerosti yölaklarida Osten brendining maxsus kötariş qurilmalari örnatilgandi. Zinadan tuşişga qiynaluvçi yölovçilarga yordam berişi kerak bölgan bu uskunalar noma’lum sabablarga köra işlamayotgani aytilmoqda. Kun.uz vaziyatni örganib körişga urindi.  

Poytaxtda ayrim metro bekatlarining kiraverişi yoki yerosti yölaklarda “Osten” yozuvi tuşirilgan kötariş uskunalariga köpçilikning közi tuşgan bölsa kerak. Asosiy vazifasi keksa, yoş bolali yoki nogironligi bor – umuman zinadan pastga tuşişga qiynaluvçi yoki imkoniyati yöq yölovçilarga yordam beriş kerak bölgan bu qurilmalar örnatilganiga ham taxminan 2 oy bölib qoldi.

Kun.uz'ga murojaat qilgan yölovçilardan biri joylarda uskunalar işlamayotganidan şikoyat qildi. Tahririyat 4 ta: Xalqlar döstligi, Beruniy, Hamid Olimjon hamda Buyuk Ipak yöli metro bekatlarida bölib, qurilmalardan qançalik foydalanilyotgani va bu borada odamlarning boxabarligini örganişga urindi.

Aksariyat yurtdoşlarimiz metrodan harakatlaniş davomida tez-tez qurilmani körib turişlari, ammo undan heç kim foydalanmasligini bildirişdi. Quyida sörovnomadan ayrim iqtiboslar keltiriladi.

“Doim metrodan foydalanaman, lekin biror marta işlatilganini körmadim. Menimça, bu yo qöşilgan, yo qöşilmagan hali. Qöyilgan-u, işga tuşirilmagan bölsa kerak. Yoki foydalaniş uçun qiyinroq bölişi mumkin, ya’ni demoqçi bölganim: kimnidir çaqirib, buni aytib, qöştirgunça undan köra kimdir kötarib tuşirib qöyadi. Foydalanişga qulay qilib qöyiş kerak”.

“Köp metro bekatlaridan yurganman, boşqa metro bekatlarda [ham]. Lekin unaqa yurişganini körmadim. Bilişmasa kerak-da, tuşunişmasa kerak qanaqa işlatişni”.

“Bu köpinça işlamaydi. Men körganman bir-ikki marta [odamlarni pastga kötarib] olib tuşişgan, lekin unçalik işlamaydi köpinça. Bu tokda işlaydi, tok bu yerda yöq. Nimadir bilan buni zaryadka qiliş kerak”.

“Çunki hali aholi bilmaydi. Lekin örgatib, şuni tuşuntirib ötiş ham kerak-da. Agar işlamasa, kerak emas. Lekin ham mana bu nogironlarga qulaylik yaratilayotgani bu juda ham yaxşi. Kerakli narsa. Odamlarga mana şu narsa nima ekanini örgatiş kerak-da, nimaga foydalaniş kerakligini. Çunki hamma şunday ötib ketyapti-da”.

“Nogironlarning tuşişini qarang, vaqti kelsa, oyoği oğriyotgan odamlarning tuşişi qiyin böladi. Aravada kim ularni olib tuşib qöyadi? Yo bölmasa “kolyaska”li bolalilarni körasiz. Kimdir kötarib olib çiqib qöyişi kerak. Ularni ham olib tuşişga, masalan, şunga (qurilmaga) “kolyaska”ni qöysa ham, birpasda tuşib oladi-da”.

“Endi menga öxşab tuşunmagani uçun işlata olmaydi-da. Birorta odam tuşganini körsak, jon deb mazza qilib turamiz, özi olib tuşib qöysa, qanday rohat. Masalan, men tuşişga oson tuşaman, çiqişga qiynalaman, oyoğim oğriydi. Şu oyoği oğriganga, yoş bolali borlarga judayam kerak narsa.

Işlamasa, turaveradi şunday. Davlatimizga, budjetiga zarar. Şuning uçun million-million pul ketdi. Uning örniga boşqa kerakliroq narsa işlatgan bölardik”.

“Işlasa, albatta kerak narsa. Çunki odamlar har xil böladi, yordam beradigan böladi, bermaydigani böladi”.

Yölovçilar bilan gaplaşiş davomida bu qurilmalarni özimiz ham işlatib körişga urindik. Ammo buning imkoni bölmadi. Xalqlar döstligi bekatidagisining simlari uzilgan holatda turganiga ham guvoh böldik. Ogohlantiriş qoğoziga köra, ayni bekatning kötariş uskunasi montaj va sozlaş jarayonida.

Aytiş kerak, dastlabki örganişimizda Buyuk Ipak yöli metro bekatida qurilma işlamayotgandi. Öşanda nogironligi bölgan yölovçilardan biri uskunadan foydalanolmay, pastga tuşirib qöyişlarini ança kutib qolgandi. Keyingi çiqişimizda ayni bekatdagi uskuna işlay boşlaganini kördik.

16 ta metro bekatda 45 dona kötariş uskunasi örnatilgan – Toşkent metropoliteni

Özi neçta bekatda bunday qurilmalar bor? Nima sabab undan foydalanib bölmayapti? Qaçonda töliq işlay boşlaydi? Qurilmalar örnatilişida buyurtmaçi kim? Kun.uz ayni savollarga javob oliş uçun Toşkent metropoliteni DUK bilan boğlandi.

Korxona bergan ma’lumotlarga köra, 16 ta yerosti bekatida jami 45 dona şunday elektron kötargiçlarni örnatiş reja qilingan. Hozirgi kunda ularning soni 32 dona ekani, şuning 15 tasidan yölovçilar foydalanayotgani, 17 tasida esa montaj işlari olib borilyotgani aytildi. Ammo bu qaysi bekatlar kesimida ekani oçiqlanmadi.

Qayd etilişiça, kötargiçlar Toşkent şahar hokimligi buyurtmasi bilan hokimlik budjet mablağlari hisobiga “Texnopark” MÇJ tomonidan örnatilmoqda. 2026 yilda yana 30 ta elektron kötargiç qöyilişi kutilyapti.

Tahririyat qurilma uçun qança mablağ ajratilgani, buning uçun tender bölganmi yoki yöq va ular qaçon töliq işga tuşirilişiga oid savollarga javob oliş uçun Toşkent şahar hokimiyatiga sörov yubordi. Sörovga hozirça javob berilmadi. Şu tariqa nafaqat imkoniyati çeklanganlar, balki umuman piyodalarni yoqtirmaydigan Toşkentda pastga tuşiruvçi maxsus qurilmalar bilan vaziyat şunday.