Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metrosining «Yerusti halqa yo‘li» 18 oktyabrdan qayta ish boshlaydi
Bir qancha muddat oldin Toshkent metropoliteni «O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishi bekatlari rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish maqsadida yopilgan edi.
Profilaktik ishlarining yakuniy bosqichi amalga oshirilayotganini inobatga olib, yaqin muddat ichida ushbu yo‘nalish o‘z faoliyatini qayta tiklaydi.
Jumladan, metro poyezdlar harakati va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash hamda sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida ushbu yo‘nalishda poyezdlar harakati sinov tariqasida (yo‘lovchilarsiz) bir muddat harakatlanadi.
Sinov jarayonlari muvaffaqiyatli o‘tib, ijobiy xulosa qayd qilinganidan so‘ng, «O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishi taxminan joriy yilning 18 oktyabr sanasidan odatdagi tartibda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.
Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUKning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida qo‘shimcha rasmiy xabar beriladi.
Mavzuga oid
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026