Jamiyat | 11:29 / 08.06.2018
10232
2 daqiqa o‘qiladi

Ekin va o‘simliklar kasalliklar hamda zararkunandalardan qanday himoya qilinadi? 

Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 yildagi 405-son qarori bilan Qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarning tarqalish maydonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Norma’ning yozishicha, “Xavfli” maydonlarni aniqlash himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish va ularni o‘tkazish muddatlarini rejalashtirish, shuningdek zarur kimyoviy va biologik himoya vositalarini aniqlash uchun amalga oshiriladi. O‘simliklarni himoya qilishni bashorat qilish yo‘li bilan o‘tkaziladi: uzoq muddatli bashoratlar, qisqa muddatli bashoratlar, fenologik kuzatuv.
 
Hududiy “Agrokimyohimoya” AJning tuman filiallari mutaxassislari tomonidan o‘simliklarni himoya qilishni bashorat qilish tadbirlari har yili noyabr oyining 10 sanasigacha zararli organizmlarning qishlovdagi zaxirasini aniqlash maqsadida tuproq namunalari, dala atroflaridagi o‘simlik qoldiqlari, daraxt po‘stloqlari va novdalarida kuzatuv ishlari olib borish orqali amalga oshiriladi. Shuningdek hududlar va fermer xo‘jaliklarida o‘tgan yilda zararli organizmlar tarqalgan maydonlar tahlil qilinadi.
 
Olingan ma'lumotlar hududiy mutaxassislar tomonidan viloyatlar “Agrokimyohimoya” AJlarga yuboriladi, ular tumanlar kesimida jamlangan barcha axborotni 20 noyabrgacha bosh ofisga taqdim etadilar. Yil oxirigacha olingan ma'lumotlar O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda umumlashtiriladi va zararkunandalarning tarqalish xavfini kuzatish va bartaraf etish bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqiladi.
 
15 yanvarga qadar tavsiyanomalar Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga hamda hududiy “Agrokimyohimoya” AJlarga amaliyotda foydalanish uchun yuboriladi. Shuningdek, ushbu tuzilmalarga zararli organizmlar tarqalishining oldini olish bo‘yicha har yili chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish yuklatiladi.
 
Hujjat 1.06.2018 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid