Soha mutaxassislarning yozişiça, aslida, ularning vatani — Meksika. Ammo 1859 yilda AQŞning Kolorado ştatidagi kartoşka dalalarida uyuştirilgan dahşatli “qirğin”dan söng hozirgi nomi berilgan. Şimoliy amerikalik “mehmon” yurtimizga ilk bor 1974 yilda Belarusdan keltirilgan kartoşka uruğligi bilan birga “taşrif” buyurgan va körinişidan hali-beri “qorasini öçirgisi” yöq. Yanglişmadingiz, gap dehqonlarning allaqaçon “qörqinçli tuşi”ga aylangan — Kolorado qönğizi haqida. Bu haqdagi ma'lumotlarni KUN.UZ’ga “Özdavkarantin” inspeksiyasi Axborot xizmati taqdim etdi.

Bu baloni daf etiş çora-tadbirlariga töxtalişdan oldin, haşarotni hayratlanarli xususiyatlari haqida bilib oliş zarar qilmaydi. Demak, Kolorado qönğizi uç yilça heç narsa yemasdan yaşaşi mumkin. Jonivor juda ayyor, xavf sezganda özini “ölikka” solişdek “fazilatga” ega. Şuningdek, organizmi unça-munça zaharga moslaşuvçan, ya'ni tezda unga qarşi immunitet hosil qilib oladi.

Qönğiz Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlaridan taşqari, Özbekistonning barça hududlarida tarqalgan. Bu zararkunanda kartoşka bargini kemirib zarar yetkazadi, ayrim hollarda hosilni 50 foizgaça nobud qilişi mumkin. Yana baqlajon va pomidorga ham iştahasi çakki emas. Xöş, ulardan qanday qutuliş yoki zararini kamaytiriş mumkin?

Piyoz pöstloği. Ma'lum bölişiça, Kolorado qönğizining — piyoz, qalampir, xantal, sarimsoq va yalpizning ötkir hidiga “toqati” yöq. Şuning uçun mutaxassislar kartoşkani uşbu ösimliklar bilan almaşlab ekişni tavsiya etadi. Xususan, uruğ qadaş jarayonida “çuqurça”ga piyoz pöstloğini ham taşlab qöyiş yaxşi samara beradi.

Qöl “jangi”. Haşarotlarga qarşi kuraşda yana bir foydali va ekologik xavfsiz metodlardan biri. Ularni qölda terib çiqiş — kiçikroq hamda kamsonli “laşkar” yiğilgan maydonda, ayniqsa, qöl keladi. Ammo mayda liçinkalarini teriş biroz diqqattalab yumuş. Köproq ösimlik yaproğining pastki qismiga e'tibor qiling, töq sariq rangli mitti kuşanda odatda öşa yerga berkingan böladi.

“Gadoning duşmani — gado”. Entomofag jonzotlar haqida eşitganmisiz? Unda bilib qöying, bu termin özi haşarot böla turib, ayni turdagi “maxluqotlar” bilan oziqlanadiganlarga nisbatan qöllaniladi. Masalan, xon qizi, jujyelitsa, qandala, çumoli va örgimçaklar — kolorado qönğizining tabiatdagi aşaddiy duşmanlari hisoblanadi. Ammo ularni uy şaroitida emas, biolaboratoriyalarda köpaytiriş qulayroq.