Toshkent viloyatida foto va video qayd etish texnika vositalari ishga tushdi
“Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining Toshkent viloyati hududidan o‘tgan 806-871 km.lari oralig‘ida o‘rnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari to‘laqonli ishga tushirildi. Buning natijasida bir sutkada jami 1051 ta qoidabuzarlik aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB YHXB KUN.UZ’ga ma'lum qilmoqda.
Ushbu ko‘rsatgichni hududlar (viloyatlar) kesimida tahlil etilganda, Toshkent shahri-391 ta, Toshkent viloyati-243 ta, Sirdaryo viloyati-78 ta, Samarqand viloyati-92 ta, Qashqadaryo viloyati-88 ta, Jizzax viloyati-60 ta, Surxandaryo viloyati-32 ta, Buxoro viloyati-22 ta, Navoiy viloyati-13 ta, Xorazm viloyati-11 ta, Farg‘ona viloyati-5 ta hamda Andijon va Namangan viloyatlarida 4 tadan belgilangan tezlikni oshirish qoidabuzarliklari sodir etilgan.
Ushbu qoidabuzarlikni sodir etgan transport vositalarining mulkdorlariga qonunchilikda belgilangan tartibda qarorlar chiqarilib, manzillariga yuborildi.
Mavzuga oid
19:57
«Toshkent viloyati suv ta’minoti» AJ mutaxassisi 1,6 ming dollar bilan ushlandi
21:23 / 21.11.2024
Toshkent viloyatida hojatxona uchun qazilgan chuqurga tushib ketgan fuqaro qutqarildi
14:12 / 15.11.2024
Dilshod Sultonov shahar hokimligidan ham ketdi
08:14 / 14.11.2024