Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 5 kilodan ortiq “opiy” musodara qilindi
Toshkent viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 5 kilogrammdan ziyod “opiy” giyohvandlik vositasi noqonuniy muomaladan olindi. Mazkur holat yuzasidan ikki nafar shaxs ushlanib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahrida yashovchi, 2001 va 2002 yillarda tug‘ilgan ikki nafar shaxs muqaddam qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan 5 kg 160 gramm “opiy” moddasini Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidan olib ketayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Tezkor tadbir Davlat xavfsizlik xizmati hamda bojxona idoralari xodimlari hamkorligida amalga oshirilgan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mutasaddilar fuqarolarni giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq holatlar haqida DXXning 1520 qisqa raqami orqali xabar berishga chaqirmoqda. Shaxs sir saqlanishi kafolatlanishi ta’kidlangan.
Mavzuga oid
14:44 / 14.07.2026
Toshkent viloyati bog‘chalaridagi ommaviy zaharlanishda 11 kishi aybdor deb topildi
09:25 / 14.07.2026
Zangiotada soliqchi, Buvaydada muhandis pora bilan ushlandi
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
12:04 / 06.07.2026