Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bekobodda “bangixona” tashkil qilgan jinoyatchilar fosh etildi
Toshkent viloyatining Bekobod shahrida giyohvandlik vositalari savdosi va iste’moli uchun maxsus “bangixona” tashkil qilgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Sud hukmiga ko‘ra, aybdorlarga 10 yil 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, 1999 yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 112- va 140-moddalari bilan sudlangan ayol 2025 yil iyul oyida qo‘shni respublikaga borib, narkosavdogar bilan 1 kilogramm “gashish” moddasini 6 ming AQSh dollariga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Oradan vaqt o‘tib, u WhatsApp orqali giyohvandlik vositasi yashirilgan xufiya joy manzilini qabul qilib olgan. Shundan so‘ng, muqaddam giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlari uchun sudlangan ikki tanishi bilan Bekobod shahri hududidagi dala maydoniga yo‘l olgan.
Biroq, ular giyohvandlik vositasini xufiya joydan olayotgan vaqtda Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, olingan giyohvandlik vositasining sof og‘irligi 985 grammni tashkil etgan.
Tergov davomida mazkur ayol o‘zining 1993 yilda tug‘ilgan sherigi bilan birgalikda Bekobod shahridan ijaraga xonadon olib, u yerda giyohvandlik vositalarini sotish va iste’mol qilish uchun “bangixona” tashkil qilgani ham aniqlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod shahar sudi hukmiga ko‘ra, ayblanuvchilar Jinoyat kodeksining 246- va 273-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga nisbatan 8 yil 3 oydan 10 yil 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Mutasaddilar fuqarolarni giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq holatlarga duch kelganda DXXning 1520 qisqa raqami orqali xabar berishga chaqirdi.
Mavzuga oid
08:32 / 20.05.2026
Narkojinoyatlar uchun shartli ozod qilish tartibi cheklanadi
08:26 / 16.05.2026
Toshkent viloyatida 5 kilodan ortiq “opiy” musodara qilindi
07:34 / 05.05.2026
Ugom daryosi davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilindi
10:57 / 27.04.2026