Sport | 19:30 / 27.02.2018
29040
1 daqiqa o‘qiladi
Hasanboy Do‘smatov hisobni ochdi
WSB seriyasiga kiruvchi musobaqada ishtirok etayotgan «Uzbek Tigers» va «Cuba Domadores» jamoalari o‘rtasidagi boks kechasining dastlabki jangi bo‘lib o‘tdi.
-49 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov «Cuba Domadores» vakili Yohannes Argilagosga qarshi ringga ko‘tarildi.
5 raund davom etgan jangda Do‘smatov yaqqol ustunlik ko‘rsatdi va hakamlar uni g‘olib deb e'lon qilishdi 3:2.
Shu tariqa, «Uzbek Tigers» - «Cuba Domadores» jamoalari o‘rtasidagi bahsda hisob ochildi 1:0 ko‘rinishini oldi. Navbatdagi jang -56 kg vazn vakillari Shahobiddin Zoirov va Robeysi Ramires o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
11:03 / 16.11.2024
Boks. Afsonaviy Mayk Tayson bloger Jyeyk Polga mag‘lub bo‘ldi
17:23 / 04.11.2024
O‘zbekiston – World Boxing tashkiloti a’zosiga aylandi
09:34 / 03.11.2024
Bektemir Meliqo‘ziyev og‘ir kechgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi
10:17 / 09.10.2024