Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro viloyati hududlarida «Turizm mahallasi», «Turizm qishlog‘i» va «Turizm ovuli» tashkil etiladi
Buxoro viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish, zamonaviy turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish maqsad qilingan.
Vazirlar Mahkamasining “2021-2022 yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini qo‘shimcha kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Buxoro viloyatining turizm salohiyati yuqori bo‘lgan hududlarida “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” va “Turizm ovuli” tashkil etiladi.
Viloyatdagi bo‘sh turgan, ta'mirtalab bo‘lgan madaniy meros obektlari belgilangan tartibda turizm, hunarmandchilik va xizmat ko‘rsatish obektlarini tashkil qilish maqsadida investitsiya kiritish sharti bilan tadbirkorlik sub'yektlariga uzoq muddatli ijaraga beriladi.
Buxoro viloyatining turizm marshrutiga kirgan madaniy meros obektlari va yodgorliklariga olib boruvchi yo‘llarga yo‘l ko‘rsatkichi belgilari o‘rnatiladi.
Buxoro – Navoiy, Buxoro – Qashqadaryo, Buxoro – Xorazm M–37 va A–380 xalqaro avtomagistral yo‘llari bo‘yida joylashgan bo‘sh yer uchastkalari yo‘lbo‘yi turizm infratuzilmasi, xususan kemping, motel, xostel hamda hunarmandlar markazlari, zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalari tashkil qilish sharti bilan “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionga chiqariladi.
YuNeSKO Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar, shu jumladan bufer zonalardan tashqari, Buxoro shahrida mehmonxonalar qurish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali taqdim etiladigan yer uchastkalari bo‘yicha quyidagi investitsiya majburiyatlari yuklanadi:
- maydoni 0,06 gektardan 0,15 gektargacha bo‘lgan yer uchastkasini ajratishda investorga 50ta xonadan kam bo‘lmagan mehmonxona;
- maydoni 0,15 gektardan 0,3 gektargacha bo‘lgan yer uchastkasini ajratishda 100ta xonadan kam bo‘lmagan mehmonxona;
- maydoni 0,3 gektardan 0,5 gektargacha bo‘lgan yer uchastkasini ajratishda 150ta xonadan kam bo‘lmagan mehmonxona;
- maydoni 0,5 gektardan va undan ortiq maydonga ega yer uchastkasini ajratishda 200ta xonadan kam bo‘lmagan, 3-5 yulduzli toifadagi standartlarga mos keladigan mehmonxona qurish.
“Bukhara Brilliant Silk Cluster” MChJ negizida “Buyuk ipak yo‘li turizmi markazi” kompleksi asosida pillachilikning rivojlanishi tarixi, ipak qurtini parvarish qilish metodikasi, tirik pilla yetishtirish, ipak yigirish amaliyoti va pilla xomashyosini chuqur qayta ishlash, ipakdan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlari bo‘yicha mahorat darslarini ko‘rsatib beruvchi agrosanoat va MICE turizmi kompleksi loyihalarini qamrab olgan ipakchilik turizm klasteri tashkil etiladi.
“Buxoro ixtisoslashtirilgan jayron pitomnigi” 2021-2022 yillar davomida zamonaviy turistik obektga aylantiriladi. 2021 yilda loyiha asosida otda sayr qilish xizmatlari tashkil etiladi, muzey, konferensiyalar zali, tashrif buyuruvchilar uchun boshqa obektlar quriladi va pitomnik sim to‘siqlari ta'mirlanadi. 2022 yilda sayyohlar uchun kuzatuv minorasi quriladi, zamonaviy turizm axborot markazlari (visitor center) va pitomnik bo‘ylab sayohat marshruti tashkil qilinadi.
Jondor ixtisoslashgan o‘rmon xo‘jaligi hududiga tutash joyda joylashgan “Varaxsho” arxeologik qal'asi atrofidagi 50,0 gektar yer maydoni arxeologik yodgorlik hududi va uning muhofaza zonasida Madaniy meros departamenti huzuridagi ilmiy-ekspert kengashining ijobiy xulosasi olinmasdan qurilish-ta'mirlash ishlarini olib bormaslik sharti bilan Jondor ixtisoslashgan o‘rmon xo‘jaligi tasarrufiga o‘tkaziladi.
Buxoro tibbiyot instituti “Xalq tabobati” fakulteti Peshku tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga ko‘chiriladi. Buxoro avtobekatidan Peshku tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumigacha tizimli transport qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
17:49
Pedagoglarga samolyot va poyezd chiptasi uchun chegirma berilishi mumkin
23:26 / 14.05.2026
Turizm qishlog‘idagi portlash - Oqbo‘yrada osmondan tosh yog‘ildi
22:23 / 14.05.2026
Osiyo xotin-qizlar II forumida Buxoro deklaratsiyasi qabul qilindi
19:30 / 14.05.2026