Jahon | 09:45 / 30.10.2016
5689
1 daqiqa o‘qiladi

Boeing Xitoyda samolyotlarni yakuniy yig‘ish markazlari quradi

Foto: ibtimes

Xitoyning Chjetszyan viloyatidagi Chjoushuan shahrida birinchi marta Boeing 737 samolyotlarini yakuniy yig‘ish va ta'minlash markazlari quriladi, deb xabar bermoqda Boeing kompaniyasidagi manbaga iqtibos keltirgan holda People.

Chjetszyan viloyati hukumati, Boeing va Xitoyning Commercial Aircraft Corp of China (COMAC) kompaniyalari bu masala bo‘yicha kelishuv imzolashdi. Kelishuvga Boeing va COMAC qo‘shma korxonasi negizida yaratilayotgan samolyotlarni yakuniy yig‘ish markazi va Boeing’ning ta'minlash markazini barpo qilish kiritildi.

Ta'kidlanishicha, ushbu markazlar kompaniyaning Boeing 737 samolyotlarini ishlab chiqarish doirasidagi birinchi xorijiy sanoat tuzilmalari bo‘ladi.  

Mavzuga oid