International Tea Committee (Xalqaro çoy qömitasi) ma’lumotlariga köra, 2024 yilda dunyo böyiça çoy işlab çiqariş hajmi taxminan 7,05 million tonnani taşkil etgan. Jahon işlab çiqarişining qariyb yarmi Xitoy hissasiga töğri kelgan — 3,74 million tonna çoy.

Xitoydan taşqari çoy bozorida Hindiston ham ustun öringa ega: u 1,28 million tonna çoy işlab çiqargan. Uçinçi örinda Keniya — taxminan 0,6 million tonna.

Top-5ga Turkiya (0,27 million tonna) va Şri-Lanka (0,26 million tonna) ham kirgan. Çoy işlab çiqariş böyiça yetakçilar orasida, şuningdek, Vetnam, Indoneziya va Yaponiya ham bor.

Foto: World in Maps

Özbekistonda çoy bozorining katta qismi import hisobiga töyintiriladi, mahalliy sanoatda esa köproq import bargni aralaştiriş, qayta işlaş va qadoqlaş amaliyoti ustun.

Çoyni mahalliy yetiştiriş böyiça loyihalar bor, ammo hozirça u yirik sanoat hajmlariga çiqqan sektor sifatida körinmaydi (köproq sinov va rejalar darajasida).

2024 yilda Özbekiston 33 378 tonna çoy import qilgan, qiymati 50,6 mln dollar. 2024 yilda asosiy yetkazib beruvçilar: Xitoy (26 806 t), keyin Keniya (1 651 t), Eron (1 271 t), Hindiston (965 t), Rossiya (578 t). 

Statistika agentligi ma’lumotiga köra, 2024 yil yanvar–noyabrda import 30 204 tonna bölgan (45,2 mln dollar). 

Şu raqamlar Özbekistonda iste’mol qilinayotgan çoyning katta qismi çet eldan kelayotganini körsatadi.

2018 yilda Özbekistonda bir neça hududda çoy plantatsiyalari taşkil etiş, umumiy maydonni 283 gektar qiliş va 2025 yilgaça yiliga 189 tonna işlab çiqariş maqsadi haqida xabarlar çiqqan. 

2022 yilda esa ayrim yapon çoy navlarini Özbekiston şaroitida sinovdan ötkaziş, keyinçalik toğ/toğoldi hududlarda maydonlar taşkil etiş rejalari haqida yozilgan. 

Rossiya çoy iste’moli böyiça dunyo yetakçilari qatorida barqaror örin tutadi, ammo işlab çiqarişda ança orqada qoladi. Masalan, 2024 yilda Rossiyada 113 ming tonna çoy işlab çiqarilgan. Mahalliy işlab çiqarişning katta qismi import qilingan bargni qayta işlaş hisobiga töğri kelgan. Krasnodar ölkasida (asosiy yiğim hududi) esa 373 tonna çoy terib olingan.