O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi
Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyadan tashqari O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida mutaxassislar va talabalar harakatchanligi to‘g‘risida, shuningdek, diplomatik pasport egalarini viza talablaridan o‘zaro ozod qilishga oid bitimlar imzolandi.

Parij shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarlari huzurida Mutaxassislar va talabalar harakatchanligi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim almashildi.
Davlat tashrifi davomida quyidagilar ham imzolandi:
- O‘zbekiston-Fransiya universitetini tashkil etish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
- readmissiya to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
- Fransiyaning yetakchi kompaniyalari bilan O‘zbekistonda 6,5 milliard yevrolik istiqbolli kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi Investitsiya va innovatsiya sohalaridagi hamkorlik dasturi;
- tashqi ishlar vazirliklarining 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
- 2026-2030 yillarda Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlik dasturi;
- diplomatik pasport egalarini viza talablaridan o‘zaro ozod qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim;
- xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya;
- sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya;
- fransuz tilini o‘qitishni kengaytirish to‘g‘risida bayonnoma;
- musiqa, kino va teatr sohalarida hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya;
- Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan Fransiya Madaniyat vazirligi, Madaniy meros milliy instituti va Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti o‘rtasidagi hamkorlik bitimlari;
- Toshkent va Parij shaharlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bayonnoma va boshqa ikki tomonlama hujjatlar.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda pulli avtoturargohlar uchun maksimal tarif ma’lum qilindi
Iqtisodiyot | 04:32
-
Zelenskiy tinchlik bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etadigan Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 03:50
-
Finlandiya AQShga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi
Jahon | 00:25
-
Tramp Lotin Amerikasiga giyohvand moddalarga qarshi kurashda yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi
Jahon | 00:00
Mavzuga oid

12:00 / 16.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi

21:15 / 15.03.2025
Parijdagi kelishuvlar, 800 millionlik boj va taglik tekshiruvi - hafta dayjesti

20:35 / 15.03.2025
Pavel Durovga Fransiyani tark etish uchun ruxsat berildi

11:51 / 14.03.2025