Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiyadan «biror narsani tortib olmoqchi bo‘lganlarning tishlari qoqib olinishi»ni aytdi
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrimlar Sibirning tabiiy boyliklari faqat bitta mamlakatga tegishli ekanligi adolatdan emasligini ochiqchasiga aytishga jur'at qilmoqda.
Rossiya «undan biror narsani tortib olmoqchi bo‘lganlarning tishlarini qoqib oladi», dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
«Hamma bizdan qayerdandir nimanidir tortib olishni xohlaydi», — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrimlar Sibirning tabiiy boyliklari faqat bitta mamlakatga tegishli ekanligi adolatdan emasligini ochiqchasiga aytishga jur'at qilmoqda.
«Bunday gaplarni ayniqsa ochiqchasiga eshitish juda g‘alati. Ammo ular shuni bilib qo‘yishsinki, bizni tishlamasliklari uchun ularning tishlarini qoqib olamiz. Buning garovi esa qurolli kuchlarni rivojlantirishdir», — dedi Putin.
Uning qayd etishicha, Rossiya mudofaaga pul ajratish bo‘yicha yuqori o‘ntalikning oxirgi qatorlaridan joy olgan. Bu borada AQSh va Yaponiya Rossiyadan yuqorida turibdi.
Mavzuga oid
09:42
RF urushga qarshi pozitsiyasi uchun 4 mingdan ortiq kishini ta’qib qilmoqda
09:14
Kanada Ukrainaga harbiy yordamni va RFga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi
09:01
AQSh Rossiyadan bo‘lgan “haker-brokerlar”ga qarshi sanksiyalar joriy qildi
23:05 / 24.02.2026