O‘zbekiston yanvar-aprel oylarida qancha avtomobil ishlab chiqargani ma'lum bo‘ldi
2019 yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 79,61 ming donadan ziyod yengil avtomobil ishlab chiqardi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 49,6 foizga ko‘p.
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida yuk avtomobillari ishlab chiqarish hajmi 2 barobarga oshgan - 1719 dona.
2019 yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 593 dona avtobus ishlab chiqardi, bu 2018 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 4,1 barobar ko‘pdir.
2019 yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish 63,76 ming donani tashkil etdi. 2018 yilning shu davriga nisbatan o‘sish 56,4 foizni tashkil etdi.
2019 yil yanvar-aprel oylarida traktorlar ishlab chiqarish hajmi 164 donani tashkil etdi, bu 2018 yilga nisbatan 79,7 foizga kamdir.
Mavzuga oid
18:39 / 20.11.2024
2024 yilda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga gaz eksporti 5 barobar oshdi
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
08:10 / 29.10.2024