Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston JSTga kirish yo‘lida Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralarni yakunladi
O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zoligi bo‘yicha Yevropa Ittifoqi bilan ikki tomonlama muzokaralar yakunlandi. Bu haqda prezident Mirziyoyevning Bryusselga tashrifi doirasida e’lon qilindi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Yevroittifoqqa a’zo 27 ta davlat bilan bozorlarga kirish, xususan eksport va import bojlari hamda xizmatlar bo‘yicha imtiyozlar masalasida kelishib olindi, deya ma’lum qildi bosh muzokarachi Azizbek Urunov.
O‘tgan hafta Panama bilan ham muzokaralar yakunlangan bo‘lib, shu tariqa, JSTga a’zolik yo‘lidagi O‘zbekiston bilan muzokara boshlagan 34 ta a’zodan 31 tasi bilan kelishuvlarga erishildi.
“Mana endi rasman: JSTning 31 a’zosi bilan muzokaralar yakunlandi, faqat 3 tasi qoldi”, – deya yozdi Urunov LinkedIn sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston JSTning 2026 yil mart oyidagi sammitida tashkilotga a’zo bo‘lib kirish maqsadini e’lon qilgan.
- Shavkat Mirziyoyevning Bryusselga tashrifi davomida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. 1996 yilda imzolangan hadli bitimdan farqli ravishda, bu bitim keng qamrovli bo‘lib, O‘zbekiston–YeI hamkorligining huquqiy asoslarni kengaytiradi.
Mavzuga oid
13:29 / 12.12.2025
YeI Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini muddatsiz bloklashga qaror qildi
22:29 / 10.12.2025
AQSh Kiyevga Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishni va «Koreya ssenariysi»ni taklif qilmoqda
15:40 / 05.12.2025
Tashqi savdo tovarlariga qo‘yilgan cheklov va taqiqlar bo‘yicha yagona reyestr joriy etiladi
13:45 / 05.12.2025