IIBB Yunusoboddagi YTH bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi

Foto: Facebook/Mixail Axperjanyans
Kecha, 4 iyun kuni Yunusobod tumanining 11-mavzesida soat 18:30da «Neksiya-3» avtomobili haydovchisi 42 yoshli T.L. mavze ichidagi yo‘l chetida turgan 12 yoshli A.G., S.I. va S.Ya.ga kelib urilgan.
Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, YTH natijasida A.G. voqea joyining o‘zida halok bo‘lgan. S.I. olgan tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi. Shifokorlar uning holatini barqaror deb baholashayotgani aytiladi. Uchinchi bola - S.Ya., ambulator sharoitida ko‘rikdan o‘tkazilib, so‘ng uyga javob berildi.
Haydovchi voqea joyidan ketib qolmagani, o‘sha yerda bo‘lgani va tergov harakatlarini o‘tkazishda faol yordam ko‘rsatgani aytiladi. Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, u gaz va to‘xtash tepkilarini adashtirib yuborgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB boshlig‘i, podpolkovnik R.Jalilov, IIBB boshlig‘i o‘rinbosari - tergov boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Z.Alimov, Yunusobod tumani IIB xodimlari voqea joyiga chiqishgan.
Ushbu holat bo‘yicha Yunusobod tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Bildirilishicha, ushbu ish nazoratga olingan. Tergovning qonuniyligi ta'minlanadi. Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinadi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
-
2 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:47 / 02.05.2025
-
Saida Mirziyoyeva AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan qabulda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 22:25 / 02.05.2025
Mavzuga oid

07:30 / 21.04.2025
Toshkentda ilk jamoatchilik yashil parki ochiladi

22:28 / 16.04.2025
Toshkentda yo‘l talashgan Spark haydovchisi temir bilan Matiz haydovchisini urdi

22:19 / 10.04.2025
Toshkentdagi ayrim yo‘llar vaqtincha yopildi

13:34 / 21.03.2025