Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Havoni yaxshilovchi rayhon va maxsus shokolad. Putinning tashrifiga o‘zgacha nigoh (video)
Foto: EPA
Vladimir Solovyov boshlovchilik qilayotgan «Rossiya-1» telekanalidagi yangi loyihada Rossiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi o‘zgacha nigohda taqdim etildi.
«Azaldan mehmondo‘st bo‘lgan O‘zbekiston bu safar Rossiya prezidenti Vladimir Putinni kutilganidan ham ortiq darajada kutib oldi. Hattoki Rossiya prezidentining samolyotiga trap ham qizil yo‘lakdan keltirildi. Muzokaralar uchun xonadagi havo esa rayhon yordamida yaxshilandi», - deyiladi lavhada.
Qayd etilishicha, Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi munosabati bilan maxsus shokolad ham chiqarilgan.

Shuningdek, lavhada Shavkat Mirziyoyevning Putinni jahon miqyosidagi buyuk davlat arbobi deb atashi tilga olingan. O‘z navbatida, Putin samimiy qabul, shuningdek, samarali muzokaralar uchun O‘zbekiston prezidentiga minnatdorlik izhor qildi. «Menimcha, Shavkat Miromonovich mening tarixga qo‘shgan hissamni biroz oshirib ko‘rsatdi», - degan Rossiya rahbari.
Bundan tashqari, lavhada O‘zbekistondagi maktablarda rus tilini o‘rganishga katta e'tibor qaratilishi aytiladi.
Mavzuga oid
20:40
Mers: Urush Rossiya iqtisodiy va harbiy jihatdan holdan toygandagina tugaydi
13:54
Xitoy, Rossiya va Turkiya - O‘zbekistonda eng ko‘p korxona ochgan davlatlar
11:33
The Atlantic: Ukraina, ehtimol, Donbassni Rossiyaga berishga tayyor
09:33