Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 yanvardan ayrim hududlardagi davlat bog‘chalarida to‘lovlar miqdori kamaytiriladi
Prezident qarori bilan 2026 yilning 1 yanvariga qadar respublikaning 173 ta tumanidagi davlat bog‘chalarida to‘lovlar kamaytirilmoqda.
Foto: Kun.uz
Prezident qaroriga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvaridan boshlab, O‘zbekistondagi barcha — 208 ta tuman va shahar iqtisodiy ahvolidan kelib chiqib, 5 ta toifaga ajratilyapti. Toifaga qarab bu tumanlarga soliq imtiyozlari, subsidiya ajratish tartibi va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi.
Ushbu toifalardan kelib chiqib, 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar davlat bog‘chalarida bola ta’minoti uchun to‘lovlar tumanlar toifasidan kelib chiqib, quyidagicha kamaytiriladi:
- 5-toifadagi tumanlarda - 50 foiz;
- 4-toifadagi tumanlarda - 50 foiz;
- 3-toifadagi tumanlarda - 30 foiz.
Ma’lumot uchun, respublika bo‘yicha 19 ta tuman esa 5-toifaga, 39 tuman 4-toifaga hamda 75 ta tuman esa 3-toifaga kiritilgan.
Mavzuga oid
16:51 / 30.09.2025
Toshkent viloyatida shifoxonalarga yotqizilgan bolalarning deyarli barchasi uyga qaytdi
13:53 / 29.09.2025
Toshkent viloyatida shifoxonalarda davolanayotgan bolalar soni 38 nafarni tashkil etmoqda
22:40 / 27.09.2025
Zaharlangan mingta murg‘ak va dunyoda yo‘q AES - hafta dayjesti
15:15 / 27.09.2025