Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent viloyatining Piskent va Böka tumanidagi boğçalarda bolalar zaharlangani, ular soni ança köpligi va şifoxonaga siğmagani tufayli qöşni tumanlarga jönatilgani haqida videolavha tarqaldi. Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinişiça, holat 24 sentabr kuni kuzatilgan: tarbiyalanuvçilar salomatligida özgariş bölgani sababli tibbiyot birlaşmalarining yuqumli kasalliklar bölimiga murojaat qilingan.
Dastlabki tibbiy köriklar xulosasi asosida bemor bolalarga “oşqozon içak faoliyatining ötkir funksional buzilişi, ovqat toksikinfeksiyasi” taşxisi qöyilib, zaruriy muolajalar amalga oşirilgan. Şu kunning özida aksariyat bolalarning soğliği yaxşilangani tufayli uylariga javob berib yuborilgan. Oğir ahvoldagi bemorlar aniqlanmagan.
Vaziyat Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olingan. Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi hamda huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan birgalikda örganiş işlari boşlangan.
Dastlabki taxminlarga köra, bolalar soğliğidagi özgarişlarga sifatsiz sut mahsulotlari sabab bölgan. Maktabgaça ta’lim taşkilotlariga şu kuni olib kelingan 3,2 foizli kefir mahsuloti Oqqörğon tumanidagi sexlarning birida işlab çiqarilgani aniqlangan.
“Tibbiy yordamga murojaat qilgan bemorlardan olingan tahlillar hamda iste’mol qilingan oziq-ovqatlar namunalari tegişli laboratoriyalarda tekşiruvdan ötkazilyapti. Qayd etilgan holat yuzasidan epidemiologik suriştiruv işlari davom etyapti”, deyiladi munosabatda.
Vazirlik neçta bola zaharlanganini oçiqlamagan. Holat yuzasidan qöşimça ma’lumotlar berilişi ma’lum qilingan.













