Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yagona darcha» markazlari elektron raqamli imzoni 2,5 soatda rasmiylashtiradi
Foto: Depositphotos
QHTBT portalida Tadbirkorlik sub'yektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha yagona markazlar orqali elektron raqamli imzolarni ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini berish tartibi to‘g‘risida nizom taqdim etilgan. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Nizom barcha davlat xizmatlari va tijorat banklari xizmatlaridan erkin foydalanish imkoniyatini ta'minlash uchun ERI kalitlarini ro‘yxatga olish va sertifikatlarni berish tartibini belgilaydi.
Ma'lumot uchun: ERI – bu elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini ERIning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda ERIning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo.
Murojaat qilish tartibi
Tadbirkorlik sub'yektlari-yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar (ariza beruvchilar) shaxsan kelib yoki pochta aloqasi orqali, shuningdek YaIDXP orqali elektron shaklda “yagona darcha” yagona markaziga murojaat qilishlari va quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim bo‘ladi:
• ariza;
• shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning guvohnomasi);
• ERI kalitlarini va sertifikatini elektron hujjat shaklida yozish va saqlash uchun o‘zga manba.
Eslatib o‘tamiz, “yagona darcha” yagona markazlari tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik sub'yektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari negizida tashkil etilgan.
Ro‘yxatga olish bosqichlari
Ushbu tartibot algoritmi quyidagicha bo‘ladi:
• “yagona darcha” arizani ro‘yxatdan o‘tkazadi va 30 daqiqa ichida uni elektron formatda vakolatli organga yuboradi;
• vakolatli organ 1 ish soati mobaynida arizani ko‘rib chiqadi va ERI kalitlari va sertifikatini ro‘yxatga olishni rasmiylashtiradi, shundan so‘ng natijani “yagona darchaga” elektron formatda yuboradi;
• markaz 1 ish soati ichida ariza beruvchini xabardor qiladi va barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi;
• ERIning yopiq kaliti paroli ERI egasining mobil telefoniga xabar shaklida yuboriladi.
Agar:
• arizada ishonchli bo‘lmagan yoki xato ma'lumotlar taqdim etilgan bo‘lsa;
• ariza beruvchi ERI sertifikatini berish uchun to‘lovni amalga oshirmagan bo‘lsa ERI sertifikatini berish rad etiladi.
ERIni ro‘yxatga olish uchun to‘lov miqdori vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Loyiha o‘zgartirilishi, qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
10:41 / 12.01.2026
Hukumat qarori: buyurtmachi talabani moliyalashtirib, keyin ishga qabul qiladi
09:21 / 23.12.2025
Ishonchli boshqaruvchilar aktivlarini baholash har chorakda amalga oshiriladi
16:23 / 18.12.2025
Chekka hududlarda notarius topish osonlashadi: suhbat asosida tayinlash joriy etiladi
11:42 / 11.12.2025