Ko‘chmas mulk | 08:37 / 05.02.2026
9143
1 daqiqa o‘qiladi

Ko‘chmas mulklar ommaviy baholashdan o‘tkaziladi

Qonunchilikka ko‘ra, ko‘chmas mulk obektlarini bozor narxiga yaqin qiymatini aniqlash maqsadida ular davriy ravishda ommaviy baholashdan o‘tkaziladi. Ommaviy baholash ishlari hududlar kesimida bir necha bosqichda amalga oshiriladi.

Foto: Getty Images

Qonunchilik normalariga muvofiq, 2025 yildan boshlab mamlakatdagi barcha ko‘chmas mulk obektlari davriy ravishda ommaviy baholash tizimiga o‘tkaziladi. Mazkur baholashning asosiy maqsadi — mulkning bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlash hisoblanadi.

Ommaviy baholash quyidagi bosqichlarda joriy etiladi:

  • 2025–2026 yillarda — eksperiment tariqasida Toshkent shahrida;
  • 2026–2027 yillarda — Nukus shahri va viloyatlar markazlarida;
  • 2027 yil va undan keyin — mamlakatning qolgan hududlarida.

Tizimning bosqichma-bosqich joriy etilishi ko‘chmas mulk qiymatini baholashda yagona yondashuvni shakllantirish hamda baholash natijalarini bozor holatiga yaqinlashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid