Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari Qo‘shma bayonot hamda hamkorlik mexanizmlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi
Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Qo‘shma bayonot hamda Keng qamrovli strategik sheriklik doirasidagi hamkorlik mexanizmlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Anqarada o‘tgan Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 29 yanvar kuni bir qancha qarorlar va ko‘p qirrali sheriklikning turli yo‘nalishlarini qamrab oluvchi ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzoladi.

Xususan:
– sog‘liqni saqlash, ta’lim va harbiy tibbiyot sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida;
– iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik to‘g‘risida;
– konchilik sanoatida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida;
– xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida;
– maxsus iqtisodiy zonalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
– yadro xavfsizligi, jisman himoya qilish, kafolatlar va radiatsion himoya sohasidagi hamkorlik va axborot almashinuvi to‘g‘risida;
– migratsiyaga ko‘maklashish va fuqarolarni o‘z mamlakatiga qaytarish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
– O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi va Turkiya Din ishlari boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimlar;
– Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
– O‘zbekiston Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi va Turkiya Oliy ta’lim kengashi o‘rtasida bayonnoma;
– Madaniyat sohasida 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi.



Mavzuga oid
18:41
Prezident huzurida “O‘zbekneftgaz”ning kelgusidagi ustuvor vazifalari ko‘rib chiqildi
14:41
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
14:36
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (fotolar)
08:51