O‘zbekiston | 09:03 / 31.01.2026
4158
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh

Ayrim kanallarda tarqalayotgan “Turkiyada o‘zbekistonliklar deportatsiya qilinmaydi” mazmunidagi xabarlar noto‘g‘ri ekani aytildi. Masala deportatsiyani bekor qilish emas, qonuniy asoslar doirasida legallashtirish imkoniyati bilan bog‘liq.

Foto: Kun.uz

Ayrim telegram kanallarida “Turkiyada o‘zbekistonliklar deportatsiya qilinmaydi” degan talqinlar tarqalmoqda. Biroq bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi bildirildi.

Qayd etilishicha, gap deportatsiya bekor qilingani haqida emas, balki qonuniy asoslar va aniq tartiblar doirasida legallashtirish imkoniyati to‘g‘risida ketmoqda.

Shu bilan birga, Turkiyada noqonuniy maqomda yurish va qonunbuzarliklar uchun javobgarlik amalda qolishi ta’kidlandi. Fuqarolarga to‘liq ma’lumotni video orqali ko‘rib chiqish tavsiya etildi.

Ma’lumotda, aniq va ishonchli axborotni faqat rasmiy manbalardan olish lozimligi eslatib o‘tildi.

Ma’lumot uchun: Migratsiya agentligining Istanbuldagi vakolatxonasi manzili: Levent mahallasi, Lale Sk. No8, Beşiktaş.

Aloqa: +(90553) 541-17-17 (Telegram, WhatsApp), (+90212) 323-20-37.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid