Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada aniqlangan noqonuniy migrantlar orasida o‘zbekistonliklar uchinchi o‘rinda qayd etildi
2025 yilda Turkiya hukumati tomonidan 13683 nafar O‘zbekiston fuqarosi noqonuniy migrant sifatida hibsga olindi. Bundan ham ko‘p ushlanganlar Afg‘oniston va Suriya fuqarolari bo‘ldi.
2025 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari Turkiyada qo‘lga olingan noqonuniy migrantlar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda qayd etildi. Turkiya Migratsiya bosh boshqarmasining rasmiy statistik ma’lumotlari shundan dalolat beradi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda Turkiya hukumati tomonidan 13683 nafar O‘zbekiston fuqarosi hibsga olingan. Bir yil avval, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 11521 kishini tashkil etgan – shunda O‘zbekiston reytingda to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi.
O‘sish 2022 yildan beri davom etmoqda. 2021 yilda 4817 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olingan bo‘lsa, keyingi yilda bu ko‘rsatkich 7553 nafarni tashkil etdi. 2026 yil boshidan beri O‘zbekistonning 1437 nafar fuqarosi hibsga olingan.
Reytingning dastlabki ikki pog‘onasini an’anaviy ravishda Afg‘oniston va Suriya fuqarolari egallab turibdi, biroq ularning soni sezilarli darajada kamaygan. 2025 yilda Turkiya rasmiylari 44157 nafar afg‘onistonlik va 22515 nafar suriyalikni hibsga olgan. Taqqoslash uchun: 2024 yilda bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 65815 va 50641 kishini tashkil etgan.
Noqonuniy migratsiyaning umumiy statistikasiga Turkmaniston, Eron, Iroq, Misr, Marokash, Sudan va Jazoir fuqarolari ham kiritilgan.
Turkiyada noqonuniy migrantlarni aniqlash bo‘yicha reydlar 2023 yil may oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovidan keyin faollashdi va doimiy ravishda davom etmoqda. Megapolislarda, jumladan Istanbulda har kuni tekshiruvlar o‘tkaziladi, uning davomida huquq-tartibot idoralari o‘nlab xorijliklarni hibsga oladi va keyinchalik deportatsiya qiladi.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026