Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati prokurori Qashqadaryoga prokuror etib tayinlandi
2018 yil oktyabr oyidan buyon Toshkent viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Salom Samadov Qashqadaryo viloyat prokurori lavozimiga tayinlandi. Kun.uz manbasi xabariga ko‘ra, bu haqda bosh prokurorning tegishli buyrug‘i qabul qilingan.
Foto: Bosh prokuratura
Salom Samadovga joriy yil yanvar oyida prezident farmoni bilan 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi unvoni berilgan.
Iyul oyi oxirlarida O‘zbekiston bosh prokurori ishtirok etgan Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi sessiyasida Erkaboy Tojiyev respublikaga prokuror etib tayinlangandi.
Ushbu tayinlovdan keyin Qashqadaryo viloyati prokurori lavozimi bo‘shab qolgandi.
Mavzuga oid
08:28 / 07.02.2026
Toshkent va Qashqadaryoda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi
08:48 / 06.02.2026
Qashqadaryoda yirik miqdorda giyohvandlik vositasi musodara qilindi
11:12 / 24.01.2026
Qashqadaryoda qor bo‘ronida qolib ketgan 10 nafar fuqaro qutqarildi
19:32 / 18.01.2026