Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zDJTU akademik litseyi o‘quvchilari orasida kitobxonlik savodi oshirilmoqda
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi 3-son akademik litseyi o‘quvchilarida oliyjanoblik fazilatlarining mazmuni, mohiyati, mehr-muruvvat, o‘zaro hurmat, hamjihatlik, bag‘rikenglik kabi axloqiy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirishga qaratilgan “Oliyjanob inson fazilatlari”, “Kachestva blagorodnogo cheloveka” nomli o‘quv kurslari hamda “Oliyjanoblik nima?”, “Chto takoye blagorodstvo?” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazilishi tashkil etilmoqda.
Bundan tashqari, dars mashg‘ulotlaridan keyin o‘quvchilarda ezgu fazilatlardan biri bo‘lmish oliyjanoblikni targ‘ib qilish, o‘quvchilarda kitobga bo‘lgan qiziqishlarni yanada oshirish maqsadida guruh rahbarlari va o‘quvchilar tomonidan shahrimizdagi “Kitoblar olami” va “Sharq ziyokori” kabi bir qator kitob do‘konlariga sayohatlar uyushtirildi.

Kitob do‘konlariga ekskursiyaga chiqqan o‘quvchilar tomonidan o‘zida ezgu fazilatlarni mujassam etgan 100 dan ortiq badiiy va publitsistik kitob xarid qilindi.
Shu bilan birga, o‘quv mashg‘ulotlaridan keyin o‘quv muassasasi hududida joylashgan “O‘quvchilar turar joyi”da istiqomat qiluvchi o‘quvchilar ham akademik litsey Axborot-resurs markazi o‘quv zalida kitob mutolaasiga kirishib ketishdi.

Mavzuga oid
10:12 / 26.01.2026
Kitobxonlikni targ‘ib qilish: yangi dastur 1 fevraldan boshlanadi
14:42 / 16.01.2026
Maktablarda “Jadidlar izidan” kitobxonlik klublari tashkil etiladi
18:19 / 13.02.2025
O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumning jazo muddati qisqartirilishi mumkin
10:38 / 29.09.2024