Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijiy til sertifikati olishda imtihon xarajatidan tashqari 6 oylik o‘qish puli ham qaytariladi
O‘zbekistonda 2024 yilda chet tilini bilish bo‘yicha xalqaro imtihondan yuqori ball olganlarga nafaqat imtihon xarajati, balki olti oylik o‘qish puli ham to‘lab beriladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
23 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev yoshlar bandligini ta’minlash masalasida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda yoshlarni ishga joylashtirish, zamonaviy kasb-hunarlar va tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha rejalar muhokama qilindi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, xususiy kurslarda o‘qib, C1 sertifikatini olgan yoshlarga o‘qish xarajatlari, nemis, fransuz, koreys, yapon va xitoy tillari bo‘yicha esa B2 darajasi sertifikatini olish xarajatlari qoplanadi.
Shuningdek, 2024 yilda sertifikat olishdagi imtihon xarajatidan tashqari 6 oylik o‘qish puli ham to‘lab beriladi.

«Ustoz» loyihasi doirasida 250 ming nafar yoshlar marketing, reklama, elektron savdo, IT dizayner kabi 30 ta zamonaviy kasbga o‘rgatiladi.
Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ajratilayotgan kreditlarning kamida 40 foizi biznes uchun imkoniyatlarga yo‘naltiriladi. «Yosh tadbirkor» tanlovlari o‘tkazilib, g‘olib bo‘lgan biznes loyiha va g‘oyalar egalari xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.

Mavzuga oid
08:48 / 24.12.2025
Sertifikatlashda yengillik: 2026 yildan ayrim majburiy talablar bekor qilinadi
13:39 / 08.12.2025
Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlash tartibi yangilanadi
08:48 / 01.12.2025
Endi bog‘cha tarbiyachilari va psixologlar ham kasbiy sertifikatdan o‘tadi
09:26 / 28.11.2025