Soğliqni saqlaş vazirining buyruği loyihasi bilan amaldagi “Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlaştiriş qoidalari” qayta körib çiqildi. Unga muvofiq, farmatsevtika mahsulotlari tuşunçasiga dori vositalari bilan bir qatorda tibbiy jihozlar ham aniq kiritiladi.
Sertifikatlaştiriş işlariga haq tölaş endi ariza beruvçi tomonidan muvofiqlikni baholaş natijasidan qat’i nazar, faqat haqiqiy xarajatlardan kelib çiqib amalga oşiriladi va barça işlar tölov oldindan qilinganidan söng bajariladi.
2027 yil 1 yanvardan dori vositalari uçun işlab çiqaruvçining “Zarur işlab çiqariş amaliyoti — GMP” milliy sertifikati, 2027 yil 1 iyuldan tibbiy jihozlar uçun ISO 13485 milliy standartiga muvofiqlik sertifikati talab etiladi. Şu bilan birga, bir qator holatlarda bu talablar qöllanmaydi. Jumladan:
- orfan (kam uçraydigan) kasalliklar uçun möljallangan, Soğliqni saqlaş vazirligi buyurtmasi bilan röyxatdan ötkazilmagan holda import qilinadigan dori vositalari va tibbiy jihozlar;
- majburiy sertifikatlaştiriş talab etilmaydigan tibbiy jihozlar;
- tan oliş tartibi orqali röyxatdan ötkaziladigan dori vositalari va jihozlar;
- Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan qayta malakalangan mahsulotlar.
Şuningdek, namunalarni tanlab oliş va hujjatlaştiriş jarayonlari raqamlaştirilib, sertifikat.tris.uz elektron tizimi orqali dalolatnomalar rasmiylaştirilişi va elektron imzo bilan tasdiqlanişi belgilanadi.

















