2026 yildan boşlab maktabgaça ta’lim taşkilotlarida birinçi marta işga qabul qilingan stajyor-tarbiyaçilar va boğça psixologlari ham kasbiy sertifikatlaş sinovlariga jalb etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 noyabrdagi 740-son qarori bilan kasbiy sertifikatlaş tartibiga kiritilgan özgarişlarda nazarda tutilgan.
Qarorga muvofiq, stajyor-tarbiyaçilar hamda maktabgaça ta’lim taşkiloti psixologlari bir yil muddatga işga qabul qilinadi. Mazkur muddat yakunlangandan söng kasbiy sertifikat olgan yoki navbatdan taşqari pedagog kadrlar attestatsiyasida iştirok etib, kamida mutaxassis (oliy ma’lumotli öqituvçi) lavozimi saqlangan darajadagi körsatkiçga erişgan pedagoglar bilan belgilangan tartibda doimiy ravişda öqituvçi yoki psixolog-tarbiyaçi sifatida mehnat şartnomasi tuziladi.
Uşbu özgarişlar boğçalarda ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini oşiriş, bolalar bilan işlaydigan mutaxassislarning kasbiy darajasiga qöyiladigan talablarni kuçaytirişga qaratilgan.








