O‘zbekiston | 19:10 / 20.12.2017
14095
4 daqiqa o‘qiladi

YeTTB «Ipoteka-bank»ka 30 mln dollar taqdim etadi

«Ipoteka-bank» ATIB va YeTTB o‘rtasida kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish va savdo moliyalashtirish bo‘yicha bitimlar imzolandi.

YeTTB «Ipoteka-bank» ATIBga 30 mln AQSh dollari miqdorida kredit liniyasini taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

2017 yil 20 dekabr kuni «Ipoteka-bank» bosh ofisi binosida «Ipoteka-bank» ATIB va YeTTB o‘rtasida kredit bitimlarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Imzolash marosimida «Ipoteka-bank» ATIB rahbariyati va YeTTB moliya institutlari bilan ishlash bo‘yicha departamenti direktori Nik Tessiman boshchiligidagi YeTTB delegatsiyasi vakillari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

«Ipoteka-bank» tomonidan bitimlarni Boshqaruv raisi O.Musayev, YeTTB tomonidan N.Tessiman imzoladi.

Kredit bitimlari to‘plami O‘zbekiston Respublikasi hududida kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 25 mln dollarlik kredit liniyasi, shuningdek 5 mln AQSh dollari miqdorida savdo moliyalashtirilishi dasturidan iborat.

Mazkur bitimlar Ipoteka-bankka O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida joylashgan filiallari keng tarmog‘i orqali YeTTB liniyasi bo‘yicha moliyaviy mablag‘larni mamlakat bo‘ylab kichik biznesning eng talabgir loyihalariga yo‘naltirish imkonini beradi, bu ushbu sohani rivojlantirishga va ularning maqsadlariga erishishga ko‘maklashadi.

Shu bilan birga, savdo moliyalashtirilishi bo‘yicha bitimlar «Ipoteka-bank»ka mamlakat va xorijdagi korxonalar o‘rtasida savdo aloqalarini rivojlantirish, shu tariqa mintaqaviy integratsiya va korrespondentlik bank xizmatlarini rivojlantirishga imkon beradi.

Hozirgi vaqtda ushbu kredit liniyasi O‘zbekiston hududlarida 70 foiz va Toshkent shahridagi «Ipoteka-bank»ning filiallari tomonidan 30 foizda o‘zlashtirilishi kutilmoqda. Kichik biznes loyihalarini moliyalashtirishning maksimal summasi bir qarz oluvchi uchun 1,5 mln AQSh dollarini tashkil etadi.

«Ipoteka-bank» ATIB O‘zbekiston respublikasining eng yirik banklari to‘rtligiga kiradi hamda yetakchi moliya muassasalaridan biri sanaladi. Ipoteka-bankning joriy yil 11 oyidagi moliyaviy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, shuni ta'kidlab o‘tish mumkinki, bankning sof aktivlari 12,9 trln so‘mni tashkil etdi. Bu joriy yilning boshidan beri aktivlar 125,7 foizga o‘sganini anglatadi. Bank kredit mablag‘lari qariyb 10 trln so‘mni tashkil etdi (o‘sish 117,8 foiz). Bankning umumiy kapitali 1,2 trln so‘mdan oshdi, bu ko‘rsatkich 2017 yilning 1 yanvari bilan taqqoslaganda 173,1 foizga o‘sdi.

«Ipoteka-bank» va YeTTBning sheriklik munosabatlari 2004 yilda shakllana boshladi, o‘shanda «Ipoteka-bank» kichik biznes sub'yektlarini moliyalashtirish uchun YeTTB kredit liniyasini oldi.

YeTTB Markaziy Osiyodagi eng yirik institutsional kredit beruvchi sanaladi, infratuzilmadan boshlab qishloq xo‘jaligiga qadar, xususiy sektorni rivojlantirishga yo‘naltirilgan turli sohalardagi loyihalarni amalga oshirishga 11,6 mlrd yevro (12.3 mlrd dollar) taqdim etilgan. Xususan, YeTTB O‘zbekistonda 1992-2010 yillarda umumiy summasi 894 mln yevroni tashkil etgan 54 loyihani moliyalashtirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid