Yevropa Tiklaniş va taraqqiyot banki 2025 yilda Özbekistonga 1 mlrd dollardan ortiq sarmoya kiritdi va bu – özaro hamkorlik tarixidagi eng yuqori körsatkiç. Bu haqda bank tomonidan Kun.uz'ga taqdim etilgan relizda söz boradi.

Qayd etilişiça, Özbekiston 2025 yilda ham YeTTBdan eng köp mablağ jalb qilgan davlat bölgan. Şu tariqa, ketma-ket 6 yildan buyon YeTTB Özbekistonga eng köp sarmoya kiritib kelmoqda.

YeTTBning Özbekistondagi faoliyati uçta asosiy yönalişni qamrab oladi:

  • barqaror infratuzilmani yaratiş (jami moliyalaştirişning 45 foizidan ortiği);
  • kiçik va örta biznes, ayollar va yoşlar tadbirkorligi, iqlim özgarişiga çidamlilik va resurslardan foydalaniş samaradorligini oşirişga qaratilgan loyihalarni moliyalaştiriş uçun mahalliy banklarga kredit ajratiş (39 foiz);
  • xususiy işlab çiqaruvçilar va xizmat körsatuvçilarni qöllab-quvvatlaş (16 foiz).

Ajratilgan kreditlarning 84 foizi xususiy tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga, salkam 60 foizi esa yaşil iqtisodiyotni rivojlantirişga hissa qöşadi.

YeTTB, jumladan, Markaziy Osiyodagi eng yirik – 1 GW quvvatli quyoş elektr stansiyasi va energiya saqlaş tizimi (BESS – 1 336 MW/soat) qurilişini moliyalaştirmoqda. Loyiha ACWA Power bilan hamkorlikda amalga oşirilyapti.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotiga köra, 2025 yil 1 oktyabr holatiga Özbekistonning YeTTB oldidagi davlat taşqi qarzi 426 mln dollarni taşkil etgan.

Eslatib ötamiz, YeTTB 2026 yilda Asakabankning 15 foiz aksiyasini sotib olişi kutilmoqda.