Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki örtasida “Asakabank” AJni xususiylaştirişning asosiy tijorat şartlarini belgilab beruvçi “Term Sheet” imzolandi.
Hujjatga muvofiq, YeTTB Asakabank aksiyalarining 15 foizini sotib olişi közda tutilgan. Kelişilgan şartlar, şu jumladan, tranzaksion, tartibga soluvçi va korporativ-huquqiy talablar belgilangan tartibda töliq bajarilganidan söng 2026 yilda YeTTBning Asakabank aksiyadorlari tarkibiga kirişi belgilangan.
Vazirlik xabariga köra, Asakabankni xususiylaştiriş doirasida YTTB bilan hamkorlik quyidagi asosiy yönalişlarni qamrab oladi:
- korporativ boşqaruv sifatini oşiriş va bank faoliyatining şaffofligini kuçaytiriş;
- xatarlarni boşqariş va içki nazorat tizimlariga xalqaro standartlarni joriy etiş;
- bankning kapital bazasi va operatsion barqarorligini mustahkamlaş;
- barqaror, bozor tamoyillariga asoslangan va tijorat maqsadlariga mos rivojlaniş modelini şakllantiriş;
- xususiylaştirişning keyingi bosqiçlari oldidan bankning investitsion jozibadorligini oşiriş.
Asakabank – Özbekistonda tizimli ahamiyatga ega 7 ta bankdan biri. Uni xususiylaştiriş böyiça YeTTB bilan kelişuvga erişilgani haqida ilk bor 2024 yil may oyida, Toşkent xalqaro investitsiya forumidagi çiqişida prezident Şavkat Mirziyoyev ma’lum qilgan edi.
2025 yil iyun oyi holatiga, YeTTBning Özbekistonga investitsiyalari 5,5 milliard yevrodan oşgan.
Kuni keça jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan Özbekiston-2030 strategiyasining yangilangan loyihasiga köra, hozirda davlatga qaraşli 9 ta bankdan 5 tasi kelgusi 5 yil içida xususiylaştirilişi közda tutilgan

















