Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston YeTTBdan 1,1 mlrd yevro jalb qilishni rejalashtirgan
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) yangi tayinlangan bosh kotibi Militsa Delevich bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat avvalida O‘zbekiston va YeTTB o‘rtasidagi munosabatlar izchil ravishda kengayib borayotgani qayd etildi. Joriy yilda amalga oshirilayotgan loyihalarga 1,1 milliard yevro jalb qilish rejalashtirilgan bo‘lib, uning katta qismi xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, muloqot chog‘ida bank tomonidan O‘zbekistonda e’tibor qaratilayotgan ustuvor yo‘nalishlar sifatida, infratuzilmani modernizatsiya qilish, energiya samaradorligi dasturlari, jumladan "yashil" energetika, ayollar tadbirkorligi, kichik va o‘rta korxonalar uchun imkoniyatlarni kengaytirish, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash kabilar alohida qayd etildi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirish va kelishuvlar ijrosini muvofiqlashtirib borish maqsadida muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishib olindi.
Mavzuga oid
09:14 / 20.06.2026
YeTTB ko‘magida temiryo‘l harakatini boshqarish tizimi yangilanadi
17:52 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev YeTTB bilan keng ko‘lamli sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
10:31 / 05.06.2026
YeTTB O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026 yilda 6,5 foizga o‘sishini prognoz qildi
10:05 / 11.02.2026