O‘zbekiston | 19:41 / 28.11.2025
6432
1 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva giyohvand moddalar savdosiga qarshi jiddiy kurash e’lon qilinganini ma’lum qildi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mamlakat kuch tuzilmalari rahbarlari bilan ishchi yig‘ilish o‘tkazdi. Unda narkojinoyatchilik, jinoiy guruhlar va noqonuniy qurol-yarog‘ aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan samarali tizimni qisqa muddatda yaratish vazifasi qo‘yildi.

"Qat’iy va doimiy nazoratni talab qiladigan yana bir muhim masala - giyohvand moddalar savdosi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish.

Bugun Prezident Administratsiyasida kuch tuzilmalari rahbarlari bilan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi. Narkojinoyatchilik, jinoiy guruhlar va noqonuniy qurol-yarog‘ aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan samarali tizimni qisqa muddatda yaratish vazifasi qo‘yildi.

Jamiyatda, birinchi navbatda yoshlar orasida giyohvand moddalarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, yosh avlodni giyohvandlik balosidan asrash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash davlatning bevosita burchidir.  Bu yo‘nalishdagi har qanday noqonuniy xatti-harakatlarga qat’iy ravishda chek qo‘yilishi shart" deb yozdi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva .

Mavzuga oid