Davlat xavfsizlik xizmati Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi hamda içki işlar organlari xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida uşbu jinoiy faoliyatga çek qöyildi. Aniqlanişiça, Toşkent viloyatining Çinoz tumanida yaşovçi 2003 yilda tuğilgan şaxs Sergeli tumanidagi xonadonni ijaraga olib, u yerda narkolaboratoriya taşkil etgan.

Tezkor tadbir davomida uşbu manzildan umumiy qiymati 4,5 milliard sömga teng bölgan 3,5 kilogramm “Pregabalin” kuçli ta’sir qiluvçi moddasi, 20 litr suyuq va 25 kilogramm kukun körinişidagi prekursorlar, şuningdek, ularni tayyorlaş va qadoqlaşda foydalanilgan anjomlar aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olindi.

Şuningdek, laboratoriyada kimyogar sifatida faoliyat yuritgan yana bir fuqaro ham uşlandi. Tergov ma’lumotlariga köra, uşbu şaxslar avval Telegram messenjeri orqali işlovçi narkodökonda “kladmen” sifatida giyohvandlik vositalarini tarqatiş bilan şuğullangan. Keyinçalik esa jinoiy guruh işonçini qozonib, bevosita moddalarni tayyorlaş jarayoniga jalb etilgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçilarga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllandi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Mas’ul idoralar fuqarolardan şubhali holatlarga befarq bölmaslikni, bunday holatlarga duç kelganda tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organlarga xabar berişni söramoqda.