Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elchi Vladimirdagi fojia qurbonlarining aniq sonini keltirdi
6 oktabr kuni Rossiyaning Vladimir viloyatida avtobus va poyezd to‘qnashuvi yuz berishi oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni haqida oxirgi ma'lumotlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan, shundan 15 nafari O‘zbekiston fuqarolari edi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashrafxonov ham fojiada qurbon bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari soni 15 nafarligini tasdiqladi.
Uning ma'lumot berishicha, yana 5 nafar o‘zbekistonlik turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ularning ikkisi yosh bolalar, biri 1,5 yoshda, ikkinchisi 3 yoshda. Shifokorlar ularning hayotini saqlab qolish uchun kurash olib bormoqda.
Qozog‘iston hududidan Rossiyaga yo‘l olgan avtobusda jami 58 kishi bo‘lgan, shundan 56 nafari o‘zbekistonlik bo‘lgan.
Vladimirdagi fojiadan omon qolgan o‘zbekistonliklar ro‘yxati e'lon qilindi
Bundan avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining Moskva shahridagi Elchixonasiga asoslangan holda Vladimirdagi fojia oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni 19 nafar bo‘lgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
09:44 / 19.04.2026
Jizzax viloyatida avtobus YTHga uchradi
20:10 / 18.04.2026
Buxoroda mast haydovchi YTH sodir etdi
19:00 / 16.04.2026
“Bir joyingga tiqib qo‘yaman hozir” - Toshkentda qoidabuzar haydovchi boshqa haydovchiga tahdid qildi
18:42 / 13.04.2026